×

Avstriya: mukofoti 5000 yevrogacha bo’lgan tanlov!


Grant

MUHLAT

01.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

3675 marta

Olefin, poliolefin va tayanch kimyoviy moddalar tadqiqoti bo’yicha yozilgan eng yaxshi bitiruv malakaviy ishlari (thesis)ni aniqlash va taqdirlash maqsadida tashkil etilgan Borealis Student Innovation Award xalqaro tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Borealis tanlovini dunyoning plastik, o’git va boshqa kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi kompaniyalaridan biri bo’lgan Borealis kompaniyasi tashkil etib keladi. Bu kompaniyaning 120 dan otiq davlatlarda filiallari bor va tanlov orqali kompaniya sohadagi qobiliyatlarni aniqlab, rag’batlantirishni reja qilgan. Tanlovga olefin, poliolefin va boshqa asosiy kimyoviy moddalar mavzularida bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarini tamomlashda qiligan tadqiqotlar, ya’ni bitiruv malakaviy ishlari taqdim etilishi mumkin. Diplom ishlari (tadqiqot ishlari) quydagi yo’nalishlarda qabul qilinadi:

  • Polyolefin catalysts
  • Olefin and polyolefin processes
  • Polyolefin polymer properties
  • Enhanced olefin analysis and polyolefin characterization methods
  • Polyolefin applications
  • Sustainability in or with polyolefins or base chemicals (i.e. circular economy, recycling, etc.)
  • Discoveries in the polyolefin world that have a practical relevance for society
  • Base chemical processes (ammonia, nitric acid, fertilizer, urea, melamine, phenol)

Grant kimlar uchun?

Oliygoh so’nggi kurslarida tahsil olayotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Borealis innovatsiya tanlovi g’olibiga aylangan uch nafar g’olib (bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichidan bittadan eng yaxshi ishlar egalari)ga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Sertifikat.
  2. Borealis’ning Avstriyada joylashgan ofisiga sayohat qilish imkoniyati.
  3. Undan tashqari, g’oliblarga pul mukofotlari ham topshiriladi – doktorlik bitiruv malakaviy ishi uchun 5000 yevro, magistrlik bitiruv malakaviy ishi uchun 2000 yevro va bakalavriat bitiruv malakaviy ishi uchun 1000 yevro miqdorida taqdirlanadi.

Talablar:

Tanlovda kimyo, polimerlar kimyosi va plastik, o’gitlar,poliofelin va olefin va shunga aloqador sohalarda tahsil olayotgan ko’ngillilar ishtirok etishlari mumkin. tanlovga topshiriladigan ishlar yozilganiga 2 yildan oshmagan bo’lishi va 2019-yil fevralgacha yozib tugallanishi shart.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2019-yil 1-martga qadar qabul qilinadi. Topshirilgan ishlar ingliz tilida bo’lishi kerak. hujjat topshirish uchun StudentInnovationAward@borealisgroup.com elektron manziliga quyidagi hujjatlarni so’nggi muhlatdan kechiktirmay jo’natish kerak:

  1. Ariza.
  2. Bitiruv malakaviy ishi (tadqiqot/thesis) haqida 2 sahifa hajmdagi abstrakt.
  3. CV.

Ma’lumot uchun +43 1 22 400 300 raqamiga murojaat qilishingiz va rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!