×

Belorussiya universitetlarida oʻqish: hujjat topshirish, toʻlov, viza, xarajatlar va stipendiyalar


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

7939 marta

CHOP ETILGAN

21.11.2018

Belorussiyada oliy taʼlim tizimi

Belorussiya – 51 dan ortiq: 42 ta davlat tasarrufidagi va 9 ta xususiy oliygohlarga ega boʻlgan mamlakat. Universitetlar tibbiyot, texnika, gumanitar kabi yoʻnalishda kadrlar tayyorlaydilar.

Belorussiya universitetlarida oʻqish bosqichlari va muddati quyidagicha:

  • Bakalavriat – 4-5 yil (sirtqi boʻlimda yana 1 yil qoʻshiladi);
  • Magistratura – 2 yil;
  • Aspirantura – 3-4 yil (kunduzgi), 4-5 yil (sirtqi).

2015-yildan boshlab Belorussiya Bolonya jarayonlariga aʼzo boʻlgan.

Qancha?

Belorussiya oliygohlarida oʻqish yerlik talabalar uchun bepul, ammo chet ellik talabalar yiliga kunduzgi boʻlimda 1000-5500 AQSH dollari, sirtqi boʻlimda kamida 500 AQSH dollaridan boshlab haq toʻlab oʻqiydi. Ayrim universitetlar Markaziy Osiyo, jumladan, oʻzbekistonlik talabalarni oʻqishga jalb qilish maqsadida magistratura bosqichlariga 10 foizlik chegirma bilan qabul qiladilar.

Mamlakatda mavjud oliygohlarning ayrimlari quyidagilar:

Stipendiya bormi?

2018-yilning 12-iyunida Belorussiya Respublikasi Prezidenti «Chet ellik talabalarga grant oʻrinlari va stipendiya tayinlash haqida farmon» imzoladi. Hukumat yiliga 100 nafar chet ellik talabaga tekin oʻqish va minimal 191,76 rubl (90,50 dollar) miqdoridagi oylik stipendiya ajratishni rejalashtirgan: BATAFSIL.

Xalqaro stipendiyalar:

Kerakli hujjatlarni tayyorlash

1. Avvalo, kerakli mutaxassislik boʻyicha kadr tayyorlovchi oliygohni aniqlaymiz: SHU YERDA va SHU YERDA.

2. Soʻng, oʻqishga qabul uchun taklifnoma kerak boʻladi. Taklifnomani rasmiylashtirishga quyidagi hujjatlarni joʻnatish kerak:

  • Ariza-anketa (chet el fuqarosi uchun. Ariza shakli: SHU YERDA);
  • Attestat/diplom va baholar varagʻining rus/belorus tiliga tarjimasi va notarial tasdiqlangan nusxasi;
  • Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
  • Milliy yoki zagranpasportning fotosurat va familiya yozilgan sahifalari nusxasi;
  • Tibbiy maʼlumotnomaning nusxasi.

3. Belorussiya hududiga kirish uchun viza.

4. Universitetga yetib kelganda qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar topshiriladi:

  • Oʻrnatilgan tartibda oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza-anketa;
  • Attestat/diplom va maktab/kollej/litsey/universitetda topshirilgan imtihonlarning baholari, fanlar boʻyicha baholar varagʻining asl nusxalari;
  • Tibbiy maʼlumotnomaning asl nusxasi.
  • Oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi;
  • 4×6 sm hajmdagi 6 ta fotosurat.
  • OITS/OIVga chalinmaganlik haqidagi tibbiy koʻrik maʼlumotnomasi.

5. Pasportning asl nusxasi (viza bilan) abituriyent tomonidan shaxsan koʻrsatiladi;

6. Rus va belorus tilida boʻlmagan hujjatlarni ushbu tillardan biriga tarjima qilib, notarial tasdiqdan oʻtkazib topshiriladi;

*Hujjatlar haqida toʻliq: SHU YERDA tanishing.

Qaysi tilda?

Belorussiya Respublikasida taʼlim asosan rus va belorus tillarida olib boriladi. Ushbu tillardan birini yetarli darajada bilmagan talabgor oʻqish boshlangunga qadar hujjat topshirayotgan universitetning tayyorlov fakulteti til kurslarida bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishi lozim. Tayyorlov kurslari haqida maʼlumot: SHU YERDA. Kamdan-kam universitetlarda ba’zi yo’nalishlar ingliz tilida ham o’tiladi.

Qanday imtihon topshiriladi?

Kirish imtihonlari chet elliklar uchun ogʻzaki suhbat shaklida oʻtkaziladi.

Kunduzgi boʻlimga hujjat topshirgan nomzod bitta umumiy va ikkita mutaxassislik fandan imtihon topshiradi. Masalan, Belorussiya davlat pedagogika universiteti informatika fakultetida bu fanlar rus yoki belorus tili, informatika va matematika boʻlishi mumkin.

Sirtqi boʻlimga esa, ikkita imtihon topshiriladi.

*Imtihonlar tarkibi va topshirilish shaklini tanlagan universitetingizdan aniqlashtiring.

Konsultatsiya uchun

Oʻqishga kirish masalasida oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan Taʼlim sohasida xalqaro hamkorlik oʻquv markaziga murojaat qiling: manzil: Adres: Belorussiya, Minsk shahri 220007, Moskovskaya koʻchasi, 15-uy; telefon/faks: (+37517) 395-79-41; (+37517) 395-79-40; e-mail: icec@edu.by; Skype: icec.nihe; Facebook: icec.belarus; LinkedIn: ICEC NIHE; Instagram: icec.belarus; Google+: ICEC NIHE; rasmiy sayt: http://studyin.edu.by/ru/main.aspx?guid=12961.

Viza rasmiylashtirish

Oʻzbekiston va Belorussiya oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, universitetga imtihon topshirish uchun oʻzbekistonlik nomzoddan viza talab qilinmaydi, toʻliq maʼlumot: SHU YERDA; oʻqishga qabul qilingan Oʻzbekiston fuqarosi oʻquv vizasini rasmiylashtirish uchun Belorussiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoki Oʻzbekistondagi Belorussiya Respublikasi elchixonasiga murojaat qiladi; manzil: Toshkent shahri, Yahyo Gulyamov koʻchasi, 75-uy; telefon: (+99871)120-72-54; rasmiy sayt: http://uzbekistan.mfa.gov.by/.

*Viza rasmiylashtirish haqida batafsil: SHU YERDA.

*Stipendiyalar miqdori 2018 yil 20-noyabr holatiga berilgan, valyuta kursi va muddatga qarab oʻzgarishi mumkin.

Yashash xarajatlari qancha?

Belorussiyada yashash uchun qancha pul kerak? Odatda, talaba oyiga 350-500 dollar pul sarflaydi.

Turar joy. Belorussiya universitetlari talabani yotoqxona bilan taʼminlaydi. Toʻlov oyiga 30-70 dollarni tashki etadi. Agar ijaraga xona yoki kvartira olmoqchi boʻlsangiz, 200-300 dollar toʻlashga toʻgʻri keladi.

Tibbiy sugʻurta. Yiliga 85 dollar;

Oziq-ovqat. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari (non, shakar, goʻsht, baliq, sut mahsulotlari, sabzavotlar, mevalar) uchun bir oylik xarajat taxminan 100-150 dollar.

Transport, internet, telefon, madaniyat, sport va hk. Taxminan 250 dollar.

*Maʼlumotlar 2018 yil uchun taxminan berilgan hamda valyuta kursi va muddatga qarab oʻzgarishi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!