×

Malayziya: talabalar va o’quvchilar uchun xalqaro sammit


Grant

MUHLAT

01.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Malayziya

O'QILGAN

4034 marta

Yoshlar aholining eng kreativ va kuchga to’lgan, eng umidli va eng tirishqoq qatlami hisoblanadi. Ular katta imkoniyatlarga ega guruh, lekin Osiyo-Tinch okeani mintaqasida aholining 15-24 yoshdagi qatlamining bor yo’g’i 20 foizi ish bilan ta’minlangani bois yoshlar ishsizlarning katta qismini tashkil qiladi. Yoshlarning ish bilan ta’minlangan qismi ham past maoshli, past darajali qora ishlar bilan shug’ullanishga majbur, chunki nufuzli lavozimlar oliy ma’lumotli va tajribali mutaxassislar uchun mo’ljallanadi. Natijada bu ishsizlik oqibatida iqtisodiyot, gender, qashshoqlik, barqarorlik va shu kabi muhim ko’rsatkichlarga ham ta’sir bo’ladi.

Shu va shu kabi masalalarini ko’rib chiqish maqsadida Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2019-yil 20-22 yanvar kunlari tashkil etilayotgan xalqaro sammitda esa yoshlarni ish bilan ta’minlash hamda qashshoqlik, migratsiya, iqtisodiyot va ta’lim kabi ishsizlik darajasiga bog’liq ko’rsatkichlarni muhokama qilish va yechimlar ishlab chiqish imkoniyati mavjud. Sammitda yoshlarni ish bilan ta’minlash va buni moliyalashtirish va sifatli olib borish kabi masalalar tahlil qilinadi. Global Goals 2019 xalqaro sammitining bu yilgi mavzusi “Designing Youth Future for 2030” bo’lib, unga hozir arizalar qabul qilinmoqda. Sammitda mavzu doirasida turli bahslar, nutqlar, seminar va ma’ruzalar bo’ladi hamda yoshlar ishsizligi va Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari’ning 7 ta maqsadi va ishsizlik o’rtiasidagi bog’liqlik o’rganiladi.

Grant kimlar uchun?

30 yoshgacha bo’lgan o’quvchi va talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Sammitda ishtirok etish pulli. Sammit vaqtidagi ovqatlanish, mashg’ulot, konsert va ko’ngilochar tadbirlarda qatnashish hamda sammit materiallaridan hoydalanish kabi asosiy ehtiyojlar qatnashchilar uchun tashkillashtirib beriladi va buning uchun yagona ishtirok to’lovi sifatida haq olinadi. Sammitda qatnashish to’lovi 250 AQSh dollariga teng. 350 AQSh dollarlik paket tarkibiga esa aeroportdan olib kelish va turar joy ham kiradi.  Konferensiya so’nggida qatnashchilarga sertifikatlar topshiriladi.

Agar sammit uchun 250 dollarlik paket sotib olsangiz, yashash uchun joyni o’zingiz topishingiz kerak. Bu yerda ayrim mehmonxonalar haqida ma’lumotlar berilgan. Viza olish masalalari haqida esa bu yerda ma’lumot bor.

Talablar:

Sammitda ishtirok uchun talablar:

  1. Nomzod dunyoning istalgan hududidan bo’lishi mumkin.
  2. Nomzodning yoshi 30 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.
  3. Nozmod qatnashish vaqti o’quvchi yoki talaba bo’lishi kerak.
  4. Nomzod BTM’ning Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga qiziqishi va sammi mavzusini tushunishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Sammitda ishtirok etish uchun onlayn ariza topshirish kifoya. Sammitda ishtirok uchun arizalar 2019-yil 1-yanvarga qadar qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun +60 17-609 8072  raqamiga yoki hi@globalgoalssummit.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!