×

Saudiya Arabistoni: magistratura va doktorantura uchun to’liq grantlar!


Grant

MUHLAT

23.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Saudiya Arabistoni

O'QILGAN

5402 marta

Saudiya Arabistonida joylashgan King Fahd University of Petroleum and Minerals (KFUPM) oliygohi magistratura va doktorantura kurslari uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar dasturi KFUPM da Muhandislik, Fan va Biznes yo’nalishlarida o’qitiladigan istalgan magistratura va doktorantura kurslariuchun mo’ljallangan. Ushbu grant dasturidan maqsad shu universitetga o’qishga qabul qilingan umidli va a’lochi talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash hamda rag’batlantirishdir.

KFUPM’da o’qitiladigan barcha magistratura va doktorantura kurslari haqida ma’lumot bu yerda keltirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

King Fahd University of Petroleum and Minerals grantlarini yutib olgan magistratura va doktorantura talabalariga to’liq grantlar beriladi.

Talablar:

Grantlar universitetdagi tegishli magistratura va doktorantura kurslariga o’qishga qabul qilingan talabalarga beriladi, kurslarga qabul talablari esa quyidagicha:

Magistratura uchun:

  1. Nomzod 4 yillik bakalavr kursini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod o’qigan bakalavr kursi yo’nalishi fan, muhandislik yoki biznes sohalariga yaqin yoki aloqador bo’lishi kerak.
  3. Nomzodnng bakalavr kursida olgan baholarining umumiy o’rtachasi 4 ballik tizimda kamida 3 ballni tashkil etishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini kamida TOEFL 520 (IBT 68) yoki IELTS 6 darajasida bilishi zarur.
  5. Nomzod muhandislik va fan kurslari uchun GRE testidan kamida : Quantitative – 156, Analytical – 4.0, Verbal – 143 ball to’plagan bo’lishi lozim.
  6. Nomzod biznes kurslari uchun GMAT testidan kamida 450 ball to’plagan bo’lishi kerak.
  7. Biznes kurslari uchun nomzod bakalavr bosqichida hisob (calculus) va informatika, dasturlash kabi komputerga oid fanlarni o’qigan bo’lishi kerak.
  8. Biznes kurslari uchun nomzod kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak. Executive MBA kursi uchun nomzoddan kamida 8 yillik ish tajribasi talab qilinadi.
  9. Nomzod turli magistratura kurslarining qo’shimcha qabul talablariga ham (agar bor bo’lsa) javob berishi kerak.

Muhandislik yoki fan yo’nalishlaridagi doktorantura kurslari uchun:

  1. Nomzod M.S. magistratura diplomiga ega bo’lishi kerak.
  2. Nomzodning umumiy o’rtacha bahosi 4 ballik tizimda kamida 3 ball bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini kamida TOEFL 550 (IBT 79) yoki ILETS 6.5 darajasida bilishi kerak.
  4. Nomzod GRE testini muvaffaqqiyatli topshirgan bo’lishi kerak.
  5. Nomzod o’zi hujjat topshirgan doktorantura kursining qo’shimcha qabul talablariga ham (agar bor bo’lsa) to’liq mos bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Passport nusxasi.
  2. Diplom va baholar.
  3. Motivatsion xat sifatida yoziladigan “statement of purpose”.
  4. Uchta tavsiyanoma.
  5. GMAT yoki GRE testlari natijalari.
  6. IELTS yoki TOEFL testlari natijalari.

Hujjatlar formatlari va shakllari haqida batafsil ma’lumot bu yerda berilgan.

Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas, kurslarga hujjat topshirib, o’qishga qabul qilingan eng munosib nomzodlarga grantlar belgilanadi.

2019-yil kuzda boshlanadigan kurslarga hujjatlar 2019-yil 23-yanvardan boshlab 2019-yil 13-fevralgacha qabul qilinadi. batafsil

Kurslarga hujjat topshirish uchun onlayn ariza to’ldirish kerak. Ariza to’ldirishni boshlash uchun sahifa ochilgach uning oxirigacha tushib, “I am eligible as per the mentioned Eligibility&I hold the minimum required documents to proceed with application” bandiga belgi (“ptichka”) qo’yish kerak. Shunda so’ng onlayn ro’yhatdan o’tish, keyin esa ariza to’ldirish boshlanadi. Ariza to’ldirish haqida yo’riqnoma bunda sizga yordam beradi. Ariza to’ldirish haqida savol-javoblar bu yerda.

Ma’lumot uchun gs-admissions@kfupm.edu.sa elektron manzili yoki +966-3-860-2800 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. Qo’shimcha ma’lumotlar savol-javoblar ko’rinishida ham keltirilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!