Xitoy Fan va texnologiya universiteti – University of Science and Technology of China (USTC) magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilardan 2019-2020-yillar uchun Chinese Government Scholarship – Chinese University Programga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya dasturi ikki-toʻrt yilga moʻljallangan boʻlib, asosiy maqsadi Xitoyning turli hududlarida joylashgan universitetlarga yuqori salohiyatli yosh magistr va doktorantlarni jalb etishdir. Shuningdek, Xitoy Taʼlim vazirligi stipendiya dasturi doirasida doktorantlarni universitetga toʻliq ish kuniga yollash uchun ruxsat beradi. Darslar nomzodning tanloviga ko’ra, ingliz yoki xitoy tilida olib boriladi.
Universitetda oʻqitiladigan yoʻnalishlar dasturlari quyidagilar:
- Magistratura dasturlari (xitoy tilida);
- Magistratura dasturlari (ingliz tilida);
- Doktorantura dasturlari (xitoy yoki ingliz tilida).
Dasturlar va dars beruvchi professor-oʻqituvchilar haqida maʼlumot: SHU YERDA, yoʻnalishlar va boʻlimlar bilan batafsil tanishish: SHU YERDA.
Grant kimlar uchun?
Magitratura va doktoranturada o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
- Bepul turar joy bilan taʼminlanadi, agar talaba kampusdan tashqarida yashashni istasa, har oyda magistrlarga 700 yuan (100 AQSH dollari), doktorantlarga 1000 yuan (144 AQSH dollari) turar joy uchun mablagʻ ajratiladi.
- Oʻqish tugagunga qadar har oyda magistrlarga 3000 yuan (431 AQSH dollari), doktorantlarga 3500 yuan (503 AQSh dollari)stipendiya ajratiladi.
- Tibbiy sugʻurta xarajatlarini toʻlab beriladi.
Talablar:
Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Xitoylik boʻlmagan, aqliy va jismoniy sogʻlom nomzodlar qatnashishi mumkin.
- Nomzod ariza topshirish davrida Xitoy universitetlaridan birining talabasi boʻlmasligi kerak, yoki Xitoy oliygohini tamomlaganiga bir yildan oshgan boʻlishi kerak.
- Magistraturaga nomzod 35 yoshgacha boʻlishi va bakalavr darajasiga ega boʻlishi; Doktorantura nomzodi esa 45 yoshdan katta va magistr darajasi sohibi boʻlishi kerak.
- Nomzod o’zi tanlagan dasturning talablariga mos bo’lishi kerak. Bunda til sertifikatlari (IELTS/TOEFL/HSK) ham talab etiladi.
*Xitoy tilidagi dasturga hujjat topshirgan, ammo xitoy tilini egallaganlik darajasi yetarli boʻlmagan nomzodlar bir yillik xitoy tili kursida oʻqishi talab etiladi. Stipendiya muddati yana bir yilga uzaytiriladi.
*Xitoyning boshqa stipendiyalari sohiblari bu dasturda ishtirok eta olmaydilar.
Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:
- USTC belgilangan muddat yakunigacha barcha arizalarni koʻrib chiqadi. Nomzodlar akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati va layoqatliligi hamda boshqa qoʻshimcha mezonlarga koʻra saralanadi.
- Universitetda saralashdan oʻtgan nomzodlarning hujjatlari 2019-yilning may oyida CSCga joʻnatiladi.
- CSC tomonidan nomzodlari tasdiqlangan stipendiatlar USTC tomonidan iyun oyida ogohlantiriladilar.
- Yangi oʻquv yili 2019-yil sentabrda boshlanadi. Darslar boshlanishining aniq sanasi qabul hujjatida koʻrsatiladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2019-yil 15-martga qadar qabul qilinadi.
1-qadam. CSC stipendiya dasturi uchun onlayn-ilova:
- Onlayn-ariza toʻldirish uchun onlayn-ilova tizimiga kiring.
- Registratsiyadan keyin USTC agentligi kodi sifatida Type Bni tanlang va 10358 v ni toʻldiring;
- Onlayn-ariza shaklini toʻldiring, joʻnating va amaliy tizimda qogʻoz shaklini chop eting;
- Arizani imzolang va yaqinda olingan fotosuratingizni biriktiring;
- Arizangizni koʻrib chiqing va keyinroq USTC amaliy tizimiga yuklang.
Eslatma:
- Ism, familiya va pasport maʼlumotlari, shuningdek, haqiqiy pochta va elektron pochta manzilingizni aniq va toʻgʻri yozing;
- Agar xitoy tilini asosiy tadqiqot ishi boshlanmasidan avval oʻrganishni istasangiz “elementar xitoy tadqiqoti davomiyligi” ni 2019-9-1 dan 2020-7-15 gacha, “asosiy tadqiqot davomiyligi” 2020-9-1-2021- 7-15 (masalan, 3 yillik dastur uchun), agar ingliz tilidagi dasturni tanlasangiz “asosiy tadqiqot davomiyligi”ni 2020-9-1-2021- 7-15 (masalan, 3 yillik dastur uchun) sifatida toʻldirish kerak;
- Arizaga imzo chekkaningiz va fotosuratingizni joylashtirganingizga eʼtibor bering, aks holda ariza qabul qilinmaydi;
- Toʻliq shaklni yuklagangizdan soʻng, maʼmuriyat ruxatisiz CSC tizimiga joʻnatmay turing, aks holda maʼmuriyat arizani tekshira olmaydi.
2-qadam. USTCga qabul uchun onlayn-ilova:
Onlayn-ilova ariza shakli va tegishli hujjatlarni yuklash uchun xizmat qiladi.
- Onlayn-ilovada ishlab turgan elektron pochta manzilingiz, login va parol koʻrsatgan holda identifikator yarating. Tasdiqni elektron pochtangiz orqali olasiz;
- Identifikatorga kiring va onlayn-ariza hamda boshqa hujjatlarni yuklang. Dedlayn (2019-yil 15-mart)gacha identifikatordagi hujjatlaringiz istagancha tahrirlashingiz va toʻldirishingiz mumkin. Hujjatlaringiz “NEXT” tugmasini bosib keyingi qadamga oʻtganingizda avtomatik tarzda saqlanadi;
- Yakunlagangizdan keyin “Confirm and Submit”ni bosing. Bundan keyin hujjatlaringizni oʻzgartirib boʻlmaydi;
- Ariza statusini Quick Linksdagi “Status” boʻlimi orqali tekshirishingiz mumkin.
3-qadam. Yakuniy hujjatlarni taqdim etish.
Internetda ariza bergandan keyin USTC Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga 2019-yilning 10-apreliga qadar ariza hujjatlarni pochta orqali yoki shaxsan yetkazing (elekron pochta orqali joʻnatilgan hujjatlar koʻrilmaydi).
Hujjatlar tarkibi:
- Imzo qoʻyilgan va fotosurat biriktirilgan Xitoy hukumat stipendiyasiga ariza.
- Pasport fotonusxasi.
- Oʻqish yoki tadqiqot rejasi (800 ta soʻzdan oshmasligi kerak).
- Rezyume.
- Professor yoki dotsent tomonidan berilgan ikkita tavsiyanoma (elektron manzil va telefon raqami bilan).
- Jismoniy ekspertiza maʼlumotnomasining notarial tasdiqlangan rasmiy tarjimasi (xitoy yoki ingliz tilida).
- Xitoy tilidagi dasturga ariza bergan nomzod (agar bir yillik xitoy tili kursida oʻqishga ariza topshirmagan boʻlsa) kamida HSK 4 yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasi; Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarga nomzod (ona tilisi ingliz tili boʻlmagan)lar uchun IELTS/TOFEL yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasini topshirishlari kerak.
- Ilmiy daraja sertifikati (bakalavr/magistr diplomi) va baholar varagʻining yurtimizdagi tegishli Taʼlim vazirligi tomonidan notarial tasdiqlangan nusxasi. Agar bitiruvchi universitetni tamomlamagan boʻlsa, talabalikni tasdiqlovchi hujjat.
*Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tilida boʻlishi zarur, bu tillarda yozilmagan hujjatlarni esa shu tillardan biriga tarjima qilish lozim. Shuningdek, dasturga taqdim etilgan hujjatlar qaytarilmaydi.
Barcha hujjatlarni “Application for CSC scholarship” nomi bilan onlayn-arizaning tartib raqami va USTC onlayn-ilovasidagi identifikatoringizni koʻrsatgan holda jildga yoki konvertga joylab, quyidagi manzilga belgilangan muddatda taqdim etish lozim:
Manzil: International College, University of Science and Technology of China, 96 Jinzhai Road, Hefei, 230026, Anhui, China
Stipendiat oʻqish yoʻnalishini oʻzgartirishi yoki boshqa oliygohga oʻqishni koʻchirishi mumkin emas. Aks holda stipendiya bekor qilinadi. Shuningdek, universitet rahbariyati yilda bir marta stipendiatlarning yillik faoliyati tahlilini olib boradilar: BATAFSIL. Talaba kasalligi sababli akademik taʼtil olib yurtiga qaytgan hollarda stipendiya oʻrni bir yilga saqlanadi.
Bogʻlanish uchun:
Office of International Cooperation
Manzil: University of Science and Technology of China, 96 Jinzhai Road, Hefei, 230026, Anhui, P. R. China
Telefon: 86-551-63603144
Faks: 86-551-63632579
E-mail: isa@ustc.edu.cn (faqat USTC orqali CSCga ariza uchun). Xatga “CGS-CUP” nomli sarlavha qoʻyish lozim.
Rasmiy sayt: http://isa.ustc.edu.cn