×

Karlstad University Global Scholarship: Magistraturada oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

01.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

1814 marta

Shvetsiya Karlstad universiteti – Karlstad University (KU) magistraturada o’qishni xohlovchi xorijliklardan Karlstad University Global Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga oʻqish pulini 25%, 50%, 75% yoki 100% toʻlab beriladi.

Stipendiya dasturi talabaning yashash, ovqatlanish va tibbiy sugʻurta xarajatlarini qoplashni nazarda tutmaydi. Shuningdek, universitetda roʻyxatdan oʻtish (ariza berish) badali toʻlangan taqdirdagina stipendiyaga nomzodning arizasi koʻrib chiqiladi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzod Shveytsariya, Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy hududiga kiruvchi davlatlar fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod stipendiyaga ariza bergunga qadar Shvetsiyada (ikki yil va undan ortiq muddat) yashamagan boʻlishi kerak;
  3. Nomzodning Shvetsiyada uzoq muddatli viza (vid na jitelstvo)si va ish joyi boʻlmasligi lozim;
  4. Shvetsiya institut/universitet/kollejlaridan biridan stipendiya olmagan boʻlishi zarur;
  5. Shvetsiya oliygohlaridan birining magistraturasida oʻqimagan boʻlishi kerak.

Stipendiya faqat kuzgi semestrda boshlanadigan dasturlar doirasida amal qiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod dastlab Karlstad universitetida mavjud magistrlik yoʻnalishlaridan biriga qabul uchun ariza topshirishi lozim (stipendiya dasturida ishtirok etish universitetga qabul uchun topshirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi). Soʻngra chop etilgan va imzo chekilgan stipendiya dasturi uchun arizani barcha qoʻshimcha hujjatlar (kerakli hujjatlar tarkibini universitet maʼmuriyati taqdim etadi) bilan belgilangan muddatda 2019-yil 1-fevral kunigacha quyidagi koʻrsatilgan manzilga yetkazishi zarur:

Manzil: Karlstad University, Helena Pallin, Student and Executive Services Office, 651 88 Karlstad, Sweden.

Elektron pochta:  info@kau.se

Telefon: +46 54-700 10 00

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!