×

Qirg’iziston: magistratura uchun to’liq grant va 300 yevro oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

2698 marta

Qirg’izistonning Bishkek shahrida joylashgan OSCE Academiy in Bishkek  oliygohida o’qitiladigan Politics and Security (Siyosat va Xavfsizlik) hamda Economic Governance and Development (Iqtisodiy Boshqaruv va Taraqqiyot) magistratura kurslariga arizalar qabul qilinmoqda. Siyosat va Xavfsizlik kursida talabalar xalqaro aloqalar, siyosat va xavfsizlik yo’nalishlarida eng muhim bilimlarni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Iqtisodiy Boshqaruv va Taraqqiyot kursida esa talabalarga iqtisodiyot, boshqaruv va taraqqiyot yo’nalishlarida bilim beriladi. Siyosat va Xavfsizlik kursiga 2019-yilda boshlanadigan dastur uchun 30 ga yaqin talaba qabul qilish rejalashtirilgan. Har bir magistratura kursi 16 oy davom etadi. Kurslarga talabalar O’rta va Markaziy Osiyo davlatlaridan saralab olinadi.

Har ikkala magistratura kurslari uchun to’liq grantlar ajratilgan bo’lib, bu grantlardan maqsad talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Grantlar kurslarga qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

OSCE Bishkek akademiyasi magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan va grant taqdim etilgan talabalarga quyidagi imkoniyatlar yaratb beriladi:

  1. Talaba kurs uchun kontrakt to’lovidan to’liq ozod qilinadi.
  2. Talabaga 16 oylik kurs uchun har oy 300 yevro stipendiya
  3. Nomzodning safar xarajatlari qoplab beriladi.
  4. Nomzodning sug’urta uchun ketadigan xarajatlari qoplab beriladi.
  5. A’lochi talabalarga keyinchalik Yevropada amaliyot o’tashlari uchun grant mablag’i ham beriladi.

Talablar:

Kurslarga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi va barcha talabalarga grant beriladi:

  1. Nomzod o’zi hujjat topshirayotgan kurs yo’nalishiga yaqin sohada bakalavr diplomiga ega bo’lishi va baholari a’lo bo’lishi kerak.
  2. Nomzodnign yoshi 2019-yil 1-sentabr holatiga ko’ra 35 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak. Agar nomzod TOEFL yoki IELTS sertifikatiga ega bo’lsa, shu sertifikat nusxalarini arizaga qo’shib topshirishi mumkin, lekin keyinchalik baribir ingliz tili imtihoni universitetning o’zi tomonidan olinadi, shuning uchun til sertifikati taqdim etish majburiy emas.
  4. Nomzod Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg’oniston, Mo’g’uliston va O’zbekiston davlatlaridan birining fuqarosi bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Magistratura kurslariga hujjatlar onlayn ariza ko’rinishida qabul qilinadi. Politics and Security kursiga hujjatlar bu yerda, Economic Governance and Development kursiga arizalar esa bu yerda qabul qilinadi. Topshirilgan arizalar ilk saralashdan o’tgach, nomzodlar yozma imthondan o’tishlari kerak bo’ladi. Bu imtihonda ingliz tili yozma imtihoni, variantli test va sohaga oid insho yozish kerak bo’ladi. Bu imtihonlardan muvaffaqqiyatli o’tgan nomzodlar keyinchalik suhbat asosida kursga qabul qilinadilar. Kursga qabul natijalari 2019-yil aprel oyida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz yoki quyidagi elektron manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

MA in Politics and Security kursi: MA-PS@osce-academy.net

MA in Economic Governance and Development kurso: MA-EGD@osce-academy.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!