×

Germaniya: PhD bosqichi uchun toʻliq grant va oylik 1 468 yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3383 marta

Germaniyaning Gisen shahrida joylashgan Yustus Libix nomidagi Gisen universiteti – Justus-Liebig-Universität Gießen qoshidagi Madaniyatni oʻrganish Xalqaro oʻquv Markazi navbatdagi PhD Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi uch yilgacha moʻljallangan boʻlib, ijtimoiy-gumanitar va madaniyat sohalari boʻyicha PhD bosqichida oʻqish istagida boʻlgan talabgorlarga moliyaviy yordam koʻrsatish, shuningdek, kelajakda akademik, davlat va nodavlat tashkilotlarda faoliyat yuritishda ragʻbatlantirishni koʻzda tutadi.

Dastur bo’yicha 8 nafargacha nomzodga grant ajratish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Justus-Liebig-Universität Gießen tarkibidagi International Graduate Centre for the Study of Culture doktoranturasida (PhD bosqichida) oʻqish tekin (bepul), ammo Germaniyada yashash xarajatlari ancha qimmat.

Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Uch yilgacha (stipendiyani oʻquv yili tugagandan soʻng uch yilgacha uzaytirish mumkin) yashash va turar joy xarajatlari uchun oyiga 1 468 miqdordagi stipendiya beriladi.
  2. Oilaviy moddiy yordam koʻrsatiladi (oilasi bilan yashovchi nomzodlar uchun).
  3. 12 yoshgacha farzandi va oilasi bor boʻlgan stipendiatlarga stipendiya toʻrt yilgacha berilishi mumkin.

*Batafsil: SHU YERDA tanishing.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolikka oid cheklash yoʻq).
  2. Nomzod madaniyatshunoslik yoʻnalishlarida eng yuqori baholarga oʻqigan boʻlishi kerak.
  3. Magistr darajasiga ega boʻlishi (ikki yillik magistratura dasturida oʻqigan boʻlishi kerak).
  4. Oʻquv markazi tadqiqot dasturlariga mos keladigan loyiha taklif eta olishi kerak.
  5. Nemis yoki ingliz tilini yetarli darajada bilishi (Odatda ingliz tili uchun IELTS 6,5-7,0 nemis tili B2, C1) lozim.
  6. Nomzod Gisen universiteti aspiranti boʻlishi/qabul qilinishi va o’qish davomida Gisenda yashashi kerak.
  7. Nomzod quyidagi dasturlarga hujjat topshira oladi:
  • Madaniy yodgorliklarni tadqiq etish;
  • Madaniy narratologiya;
  • Madaniy transformatsiya va performatsiyani tadqiq etish;
  • Vizual va moddiy madaniyatni tadqiq etish;
  • OAV va multiliteratsiyani tadqiq etish;
  • Madaniy moslik;
  • Global tadqiqotlar va fazoviy siyosat;
  • Bilim, tadqiqot va taʼlim madaniyati.

Nomzodlar akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati, tadqiqotchilik koʻnikmalari hamda taklif etilayotgan loyihaning Oʻquv markazi tadqiqot yoʻnalishlariga mosligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi. Saralashdan oʻtgan nomzodlar Markazga 30 daqiqalik suhbatga chaqiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 1-fevralga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish: SHU YERDA. Hujjat topshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich:

  1. Yoʻllanma xat (1-2 bet va motivatsion maʼlumotlar ichida koʻrsatiladi).
  2. Loyihangiz haqida maʼlumot (500 ta soʻz, nomi, maqsadi, vazifalari va kutilayotgan natijalar).
  3. Tarjimai hol.
  4. Ikkita tavsiyanoma.

Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlarga bu haqida 15-fevralgacha xabar beriladi. Qoʻshimcha hujjatlarni 8-martgacha platformaga joylashtirish kerak. Ikkinchi bosqich:

  1. Diplom va diplom ilovasi nusxalari.
  2. Loyiha proyekti (10 betdan oshmagan, Oʻquv markazining qaysi yoʻnalishiga mos kelishi koʻrsatilgan va adabiyotlar roʻyxati yozilgan boʻlishi kerak).
  3. Uch yillik tadqiqot rejasi (toʻliq, bosqichlari bilan).
  4. Magistrlik dissertatsiyangizning raqamli nusxasi (Agar dissertatsiya ingliz yoki nemis tilidan boshqa tilda yozilgan boʻlsa, originali va ikki betda qisqacha mazmun rezyume sifatida talab qilingan tillardan birida beriladi).

Ushbu talablarga mos nomzodlar saralash jarayoniga qoʻyiladi.

2019-yilning 18-apreligacha javoblar eʼlon qilinadi. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan stipendiatlar 2019-yil 7-8-mayda suhbatga chaqiriladilar.

Bogʻlanish uchun: gcsc-application@gcsc.uni-giessen.de .

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!