×

Germaniya: Yosh tadbirkorlar uchun barcha xarajatlar qoplanadigan olti oylik dastur, joy – 25 ta!


Grant

MUHLAT

08.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2955 marta

Westerwelle Young Founders Programme Germaniya poytaxti Berlin shahriga oʻz ishlab chiqarish korxona (firma, kompaniya)siga ega boʻlgan yosh tadbirkorlar va iqtisodchilarni taklif qilmoqda. Arizalar qabuli 2019-yilning 8-yanvariga qadar davom etadi. Dastur olti oyga moʻljallangan boʻlib, unda har yil bahor va kuzda 25 nafar rivojlanayotgan davlatlar vakillari ishtirok etadilar.

Grant kimlar uchun?

Yosh iqtisodchi va tadbirkorlar uchun uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Dastur tomonidan olti oy davomida barcha xarajatlar qoplanadi;
  2. Berlin shahrida oʻtkaziladigan bir haftalik konferensiyada ishtirok etish taʼminlanadi;
  3. Nomzodlar tajribali ustozlarga biriktiriladi;
  4. Ekspert sessiyalarda qatnashish;
  5. Shuningdek, yosh tadbirkorlar tarmogʻi, dasturdan tashqari masalalarda yordam va berlin startap sahnalari bilan tanishish imkoni taqdim etiladi.

Batafsil: SHU YERDA tanishing.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (O’zbekiston fuqarolari topshira oladi.).
  2. Nomzod oxirgi 5 yil ichida Product-Marketga moslikka va iqtisodiy turgʻunlikka erishgan kommersiya kompeniyasi tashkil etgan boʻlishi va bu borada biznes-modeldan foydalangan boʻlishi.
  3. Kompaniya rivojlanayotgan davlatlar bazasiga mos boʻlishi kerak.
  4. Ingliz tilini yaxshi bilishi.
  5. Olti oy davomida Berlinda tashkil etiladigan konferensiyalarda ishtirok etishi hamda biriktiriladigan ustoz bilan ishlashi lozim.

Nomzodlar kompaniyaning asos solingan vaqti, yutuqlari, iqtisodiy turgʻunlikka erishgani, jahonga chiqqanligi, tanlovlardagi ishtiroki, innovatsion yechimlari kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 8-yanvarga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirish: SHU YERDA. Hujjat topshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Shaxsiy maʼlumotlar:

  1. Familiya, ism, otasining ismi.
  2. Jins.
  3. Tugʻilgan yil, oy, kun.
  4. Manzil.
  5. Elektron manzil.
  6. Fuqaroligi.
  7. Millati.

Kompaniya haqida maʼlumot:

  1. Kompaniya nomi.
  2. Tashkil etilgan yili.
  3. Sektor (bu yerda koʻrsatilgan variantlardan biri tanlanadi).
  4. Kompaniyada asosiy shtatda ishlaydigan xodimlar soni.
  5. Kompaniyada qisman band xodimlar soni.
  6. Kompaniya volontyorlari soni.
  7. Bir haftada qancha vaqt kompaniyada ishlashga sarflaysiz (koʻrsatilgan variantlardan biri tanlanadi)?
  8. Kompaniyada sizning rolingiz (koʻrsatilgan variantlardan biri tanlanadi)?
  9. Agar Co-Founder (sherik) boʻlsa, barcha Co-Founderlarning vazifalari (300 ta belgi) koʻrsatiladi;
  10. Kompaniya veb-sayti;
  11. Kompaniya qanday muammolarni hal qiladi (maksimum 300 belgi)?
  12. Siz taklif etgan innovatsion yechim (maksimum 300 belgi).
  13. Oxirgi 12 oy ichida toilgan daromad.
  14. Boshlangʻiya mablagʻ qayerdan olinganligi.
  15. Tashqaridan olingan mablagʻ.
  16. Kompaniya qaysi bosqichda?
  17. Oxirgi 12 oy ichida tashqaridan mablagʻ olinganmi.
  18. Agar olingan boʻlsa, hajmi qancha?
  19. Kompaniya birorta tanlovda qatnashib gʻolib boʻlgan boʻlsa qancha mukofot berilganligi.
  20. Avval korxona tashkil etganmisiz?
  21. Motivatsion xat.

Ushbu talablarga mos nomzodlar saralash jarayoniga qoʻyiladi.

Natijalarning eʼlon qilinishi

  1. 2019-yilning 23-yanvarigacha javoblar beriladi.
  2. Dastlabki saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan stipendiatlar 2019-yil 24-yanvarda suhbatdan oʻtadilar.
  3. Hakamlar hayʼati yakuniy qarori 2019-yil 18-fevralda amalga oshiradi;
  4. Tanlab olingan nomzodlar haqida 2019-yil 19-fevralda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish va qoʻshicha maʼlumot uchun: kose@westerwelle-foundation.com.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!