×

Belgiya: PhD bosqichida o’qish uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

14.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Belgiya

O'QILGAN

2156 marta

Belgiyada joylashgan Ghent University  oliygohi o’zining Department of European, Public and International Law doktorantura (PhD) bosqichida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqchi bo’lgan talabalarga grant o’rinlarini taklif etadi.  Grant sohiblari “Righting Victim Participation in Transitional Justice” ilmiy tadqiqot guruhi a’zosiga aylanadilar hamda u yerda 40 oy davomida o’z  ilmiy faoliyatini olib boradilar.  Grantlar ushbu yo’nalishga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad o’z ilmiy faoliyatini davom ettirish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

  • Grant sohibi bo’lgan nomzodning doktorantura bosqichi to’lov kontrakti hamda “Righting Victim Participation in Transitional Justice” ilmiy tadqiqot ishi uchun sarflanadigan barcha xarajatlari qoplab beriladi.

Ghent University PhD bosqichi  to’lov kontraktlari haqida to’liq ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod magistratura bosqichni huquq, ijtimoiy siyosiy fanlar yoki antropologiya yo’nalishida tamomlagan bo’lishi lozim.
  • Nomzod unversitetning PhD bosqichi qabul talablariga to’liq javob berishi lozim. Universitet PhD  qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.
  • Nomzoddn ingliz tilini a’lo darajada bilishi talab etiladi. TOEFL (paper based) – 587 , (Internet based) – 95 yoki IELTS – 7 ball (har bir bo’limidan kamida 6.5) darajalarga ega bo’lish lozim. Til talablari bilan bu yerda to’liq tanishib chiqshingiz mumkin.
  • Nomzodning o’z sohasida xalqaro tajribaga ega bo’lishi, turli konferensiyalarda ishtirok etganligi grant yutishiga imkoniyatni kengaytiradi.

Dasturga qabul jarayoni:

“Righting Victim Participation in Transitional Justice” ilmiy tadqiqot ishi uchun ajratiladigan grant dasturiga hujjat topshirish uchun tine.destrooper@ugent.be  electron manziliga quyidagi hujjatlarni taqdim etilishi lozim:

  • Ilmiy tadqiqot ishiga qiziqishingizni ko’rsatuvchi Motivatsion xat
  • Resume
  • Diplom baholari
  • 2 ta Tavsiyanoma

Yuqorida so’ralgan hujjatlar ingliz tilida , barchasi bitta PDF file ga birlashtirilgan holda “ERC PhD Application –name of the study” nomi ostida electron pochta orqali yuborilishi lozim.

Qo’shimcha ma’lumot uchun tine.destrooper@ugent.be  elektron manzili yoki +3293310099 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!