×

Koʻz kasalliklari sohasi boʻyicha magistraturada oʻqishni istaganlar uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

28.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2530 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan London Gigiyena va tropik tibbiyot MaktabiThe London School of Hygiene & Tropical Medicine (LSHTM) koʻz kasalliklarini davolash sohasiga qiziquvchi magistratura talabalari uchun 2019-2020-oʻquv yiliga Lt-Col Henry Kirkpatrick Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 1 yilga moʻljallangan.

General-polkovnik Genri Kirkpatrik 1871–1958-yillarda yashagan harbiy zobit. U oftolmologiya (koʻz kasalliklari)ga qiziqqan va umrining soʻnggi yillarida London Gigiyena va tropik tibbiyot Maktabida koʻz kasalliklarini davolash boʻlimi fanlaridan oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Genri Kirkpatrikning qizlari otasining oʻlimidan soʻng koʻz kasalliklarini davolashga ishtiyoqi baland boʻlgan talabalarga moliyaviy yordam koʻrsatish uchun ushbu grantga asos solishgan.

Grant kimlar uchun?

Koʻz kasalliklari boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
  2. Bir yilga 16 950 funt-sterling (21645 AQSh dollari) stipendiya beriladi (oyiga taxminan 2164 dollardan).
  3. MSc Public Health for Eye Care boʻyicha tadqiqot uchun bir martalik 1500 funt-sterling (1916 dollar) mablagʻ ajratiladi.
  4. Bitiruv ishi himoyasi uchun 1100 funt-sterling (1405 dollar) pul beriladi.

*Grant faqat MSc Public Health for Eye Care dasturiga oʻqishga kirgan magistrantlar uchun moʻljallangan. Koʻrsatilgan pul summalari 2019-yil 8-yanvar holatiga berilgan boʻlib, muddat va valyuta kursiga koʻra oʻzgarishi mumkin.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha chet ellik nomzodlar ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod MSc Public Health for Eye Care (magistratura) dasturiga 2019-2020-yil uchun ariza berishi lozim.
  3. Ingliz tilini egallaganlik darajasi CEFR B2 va undan yuqori, IELTS 6.0-7.5, TOEFL IBT 80-108 ball boʻlishi talab etiladi.
  4. Nomzod malaka uchun yuqori akademik baholarga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod tegishli tartibda bakalavr yoki unga tenglashtirilgan daraja sohibi boʻlishi zarur.

Nomzodlarni saralash ularning akademik yutuqlari, koʻz kasalliklari boʻyicha qiziqishlari va tajribasi, oʻqishga motivatsiya, ingliz tilini bilish darajasi, salohiyati kabi mezonlariga asosan amalga oshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 28-mart yarim tun (BST)ga qadar qabul qilinadi. Hujjat topshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.

1. MSc Public Health for Eye Care2019-2020-oʻquv yiliga ariza topshiring:

Taxminiy hujjatlar tarkibi:

  • koʻz kasalliklari sohasiga tegishli bakalavr diplomi;
  • baholar varagʻi;
  • ingliz tili sertifikati (CEFR B2 va undan yuqori, IELTS 6.0-7.5, TOEFL IBT 80-108 ball);
  • tanlangan yoʻnalish boʻyicha qoʻshimcha hujjatlar: admissions@lshtm.ac.uk pochtasi orqali aniqlanadi.

*Qanday qilib hujjat topshirish haqida batafsil: SHU YERDA tanishing. MSc Public Health for Eye Care dasturi talablari: SHU YERDA va SHU YERDA.

2. Grantga onlayn-ariza Albatta, koʻrsatilgan maydondan “2019-20 Lt-Col Henry Kirkpatrick Scholarship”ni tanlash kerak. Berilgan qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim eting. Bu maʼlumotlar:

  • baholar varagʻi (diplom ilova);
  • rezyume;
  • ariza va h.k. Agar jarayonda savol tugʻilsa, scholarships@lshtm.ac.uk pochtasi orqali aniqlashtiring.

*Eslatma:

  1. Har bir talabgor faqat bir marta ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Agar talabgor MSc Public Health for Eye Care 2019-20 dasturiga ariza topshirgan yoki oʻqishga qabul qilingan boʻlsa, stipendiya olishga ariza beradi.
  3. Toʻliq boʻlmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
  4. Grantga ariza berayotgan nomzod stipendiya dasturi shartlariga rozi boʻlishi kerak. Shartlar: SHU YERDA.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi;

Bogʻlanish uchun: admissions@lshtm.ac.uk, scholarships@lshtm.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!