×

Young Sustainable Impact innovatsion dasturi: 5 oylik bepul kurs va 2 haftalik Norvegiyaga sayohat!


Grant

MUHLAT

11.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Norvegiya

O'QILGAN

4932 marta

Young Sustainable Impact (YSI) innovatsion g’oyalar dasturi 16 – 28 yoshdagi, g’oyalari bilan dunyoni o’zgartirish, global muammolarga yechim topish hamda barqaror rivojlanishga o’z hissasini qo’shish ishtiyoqidagi yoshlarni navbatdagi onlayn dasturiga taklif etadi. YSI dasturi innovatsion biznes g’oyalarga ega va ularni amaliyotda qo’llash ishtiyoqidagi yoshlarga o’z startup’larini yo’lga qo’yishga ko’maklashadi. Har yili YSI loyihasida ishtirok etish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan 10 000 dan ziyod yoshlar ariza topshiradilar va ulardan 24 tasigina loyihada ishtirok etish imkoniga ega bo’ladilar. Dastur 2019 – yil 18 – martdan 25 – avgustgacha davom etadi. Dasturning boshidan 10 – avgustgacha davom etadigan qismi onlayn bo’lib, ishtirokchilar o’z jamoalarini tashkil etadilar (2-3 kishidan iborat) va hamkorlikda qanday qilib g’oyalarini amaliyotga tadbiq qilishni o’rganadilar. Dasturning oxirgi ikki haftasi Norvegiyaning Oslo shahrida bo’lib o’tadi. Unda qatnashchilar o’z guruhlari a’zolari, loyiha rahbarlari va investorlar bilan ko’rishish, birgalikda tadbirlar tashkil qilish, loyiha protatiplari ustida ishlash hamda loyihani yo’lga qo’yish bilan band bo’ladilar.

Dastur haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant kimlar uchun?

O’z biznesini yo’lga qo’ymoqchi bo’lgan yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda g’olib bo’lib, dasturga qabul qilingan jamoalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladilar:

  1. 5 oy davom etadigan onlayn kursda bepul o’qish.
  2. Dastur oxirida Norvegiyada yashash xarajatari qoplanadigan ikki haftalik kurs (borish va kelish xarajatlari qoplanmaydi.
  3. Dastur davomida soha mutaxassislari va dastur hamkorlaridan yordam olish imkoniyati;
  4. Innivatsion g’oyalar dasturi tugagach ishlab chiqilgan innovatsion biznes rejani amalga oshirish uchun homiy topish imkoniyati.

Talablar:

Nozmodga talablar:

  1. Barcha mamlakat fuqarolari ariza topshrishlari mumkin.
  2. Nomzod 16-28 yoshda bo’lishi kerak.
  3. Nomzod aprel-avgust oylari davomida onlayn mashg’ulotlarga haftasiga 15-35 soat ajrata olishi kerak.
  4. Nomzodning murakkab muammolarni hal qilishga ishtiyoqi bo’lishi kerak.
  5. Nomzod haqiqiy startup boshlash istagidagi, unga vaqti va imkoniyatlarini sarflashga tayyor shaxs bo’lishi kerak.
  6. Nomzod muvaffaqiyatga erishish, har qanday loyihaga nisbatan o’z bilim va ko’nikmalaridan foydalanishga tayyor bo’lgan tajribali shaxs bo’lishi kerak.
  7. Nomzod zamonaviy fikrlovchi, har narsadan yangilik izlovchi shaxs bo’lishi kerak.
  8. Nomzod dunyoni o’zgartira olishi mumkinligiga ishonadigan va bunga erishish uchun etarlicha jasoratga ega bo’lishi kerak.
  9. Nomzod turli qit’alardagi yangi odamlar bilan masofadan turib hamkorlik qilishga va biznes loyihasini yaratishga tayyor bo’lishi kerak.
  10. Nomzod qaror qabul qilishga va turli vaziyatda hotirjamlikni saqlay olishga qodir bo’lishi kerak.

Innovatsion dasturning asosiy qismi onlayn bo’lganligi sababli quyidagi internet tezligi talab qilinadi:

  • Minimum tezlik: 2Mbps / 128kbps
  • Tavsiya qilingan tezlik: 4Mbps / 512kbps

Ishtirokchilarga talablar:

  1. Ishtirokchilar innovatsion dastur ustida haftasiga 15 – 35 soat davomida ishlashga tayyor bo’lishlari kerak.
  2. Ishtirokchilardan guruhlari bilan hamkorlik qilib loyihani amalga oshirish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishlari
  3. YSI innovatsion dasturi jamoalarga amaliyot tugaganidan keyin ham bizneslarini yo’lga qo’yish, marketing va muammolarni hal qilishda yordam beradilar. Buning evaziga tashkil etilgan biznes (kompaniya, firma, xizmat ko’rsatish shahobchasi)ning 3% aksiyasiga egalik qilishlari so’raladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalarni qabul qilishning birinchi bosqichi 2019-yi 11-fevralda yakunlanadi. Dasturda arizalar qabul qilishning  jami 3 bosqichi mavjud. Dasturda ishtirok etish uchun innovatsion startup g’oyalar joylangan onlayn ariza  YSI’ning rasmiy vebsayti orqali to’ldirilib, taqdim etilishi zarur. Saralash bosqichidan omadli o’tgan ishtirokchilar bilan suhbat o’tkaziladi. G’oliblar bilan onlayn kurslar 2019-yil 18 – martdan boshlanadi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni  rasmiy saytidan yoki savol – javoblardan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!