×

Vengriya: Qishloq xoʻjaligi boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

28.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

3835 marta

Vengriya hukumati Agrar xoʻjaligi vazirligi – Ministry of Agriculture of Hungary the Food and Agriculture Organization (FAO) bilan birgalikda 2019-2020-oʻquv yili uchun tabiiy fanlar sohasi boʻyicha magistraturada oʻqishni istagan nomzodlardan FAO – Hungarian Government Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant quyidagi universitetlar magistratura bosqichining taʼlim ingliz tilida olib boriladigan kurslari uchun uchun taalluqli boʻlib, 22 oy (2 yil)ga moʻljallangan:

  1. MSc in Plant Protection – Oʻsimliklar muhofazasi boʻyicha magistratura kursi (University of Pannonia – Pannonia universiteti Georgikon fakulteti).
  2. MSc in Rural Development and Agribusiness – Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va agrobiznes magistratura kursi (Szent István University – Sent Ishtvan universiteti Iqtisod va ijtimoiy fanlar fakulteti).
  3. MSc in Agricultural Biotechnology – Agromadaniy biotexnologiya magistratura kursi (Szent István University – Sent Ishtvan universiteti Agrar xoʻjalik va atrof-muhit fanlari fakulteti).

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant sohibi boʻlgan nomzodning barcha xarajatlari FAO va Vengriya oʻrtasida 2007-yilda imzolangan kelishuvga binoan Vengriya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi.

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  1. Taʼlim olish mobaynida oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
  2. Oʻquv qurollari, kitoblar va tadqiqot xarajatlari qoplanadi.
  3. Turar joy bilan taʼminlanadi.
  4. Kunlik sarflar uchun mablagʻ ajratiladi.
  5. Tibbiy sugʻurta haqi toʻlab beriladi.

*Grant nomzodning talaba oila aʼzolarining xarajatlarini qoplashni koʻzda tutmaydi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Koʻrsatilgan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak: Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Albaniston, Aljir, Angola, Ozarbayjon, Armaniston, Bangladesh, Belarussiya, Bosniya va Gersegovina, Burkina-Faso, Kambodja, Chad, Misr, Efiopiya, Gambiya, Gruziya, Gana, Iordaniya, Qozogʻiston, Keniya, Kosovo, Qirgʻiziston, Laos, Livan, Sobiq Yugoslaviya Respublikasi boʻlgan Makedoniya, Madagaskar, Mali, Myanma, Moldova, Moʻgʻuliston, Chernogoriya, Namibiya, Nigeriya, Shimoliy Koreya, Falastin, Filippin orollari, Serbiya, Somali, Janubiy Sudan, Sudan, Tojikiston, Turkmaniston, Uganda, Ukraina, Vyetnam, Yaman.
  2. Nomzod bakalavriatni yuqori baholar bilan tugallagan boʻlishi lozim.
  3. Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  4. Kuchli motivatsiya.
  5. Sogʻlom boʻlishi zarur.
  6. Yoshi 30 dan oshmagan boʻlishi kerak.

Nomzodlarni saralash ularning yuqori natijalarga erishganligi, til bilish darajasi, tadqiqotchilik qobiliyatiga koʻra ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich. FAO joʻnatilgan ariza va hujjatlarning oʻrnatilgan talabga mosligini tekshiradi va taxminiy nomzodlarning hujjatlarini Vengriya Qishloq xoʻjaligi vazirligiga topshiradi. Vazirlik hujjatlarni talabgorning istagiga koʻra, mutaxassisligiga toʻgʻri keladigan universitetga yuboradi. Toʻliq boʻlmagan va toʻgʻri rasmiylashtirilmagan hujjatlar koʻrib chiqilmaydi.

2-bosqich. Tanlab olingan nomzodlar qabul jarayonining bir qismi sifatida ingliz tilidan yozma va ogʻzaki imtihon topshirishlari mumkin. Saralash jarayonining kelgusi bosqichlari bevosita universitetlar tomonidan oʻtkaziladi. FAO bu jarayonda ishtirok etmaydi. Grantga munosib topilgan stipendiatlar Vazirlik tomonidan ogohlantiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 28-fevralga qadar elektron pochta orqali qabul qilinadi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza (toʻgʻri va toʻliq toʻldirilgan boʻlishi kerak).
  2. Qisqa tarjimai hol (rezyume).
  3. Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  4. Ingliz tili sertifikati (odatda IELTS 6.0 va undan yuqori).
  5. Pasport nusxasi (muddati va seriya raqami koʻrinadigan holda taqdim etiladi).
  6. Tavsiyanoma.
  7. Motivatsion xat.
  8. Salomatlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma.
  9. Xulqi haqida mahalliy tartibni saqlash organidan ijobiy maʼlumotnoma.

*Barcha hujjatlar ingliz tilida toʻldiriladi va 2019-yilning 28-fevraligacha quyidagi elektron pochtaga yetkazilishi shart: REU-Scholarship@fao.org

Muhim:

  1. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar koʻrilmaydi.
  2. Har bir hujjat oʻz nomi bilan koʻrsatilishi kerak.
  3. Qogʻoz shaklida va pochto orqali joʻnatilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.
  4. Stipendiyalar soni cheklanganligi sabab, hujjatlarni iloji boricha erta topshirish maqsadga muvofiq.
  5. Avvalgi yilda saralashdan oʻtmagan nomzodlar 2019-2020-yillar uchun qayta hujjat topshirishlari mumkin (hujjatlarni yangidan rasmiylashtirish talab etalidi).
  6. Stipendiya muddati uzaytirilmaydi va surilmaydi.
  7. Scholarship Study Contract talaba va Vengriya Qishloq xoʻjaligi vazirligi oʻrtasida tuziladi.
  8. Chala yozilgan arizalar va oʻz vaqtida yetib kelmagan hujjatlar koʻrilmaydi.

Natijalar nomzodlarga 2019-yilning sentyabr oyigacha eʼlon qilinadi.

Dastur bilan batafsil tanishish uchun DASTUR NIZOMIni yuklab oling.

Bogʻlanish uchun: REU-Scholarship@fao.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!