×

AQShda bir oylik rezidensiya dasturi: stipendiya – 2500 AQSh dollari; yo’l xarajatlari qoplanadi


Grant

MUHLAT

01.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4939 marta

Library Company 1731-yilda Benjamin Franklin tomonidan tashkil etilgan va XIX asr oxirigacha Amerikadagi eng katta jamoat kutubxonasi bo’lgan. Kutubxonada AQShning XIX asr ikkinchi yarmigacha bo’lgan tarixi va madaniyatiga oid boy ma’lumotlar kolleksiyasi mavjud.

Historical Society of Pennysylvania kutubxonasi hozirda Balch Institute for Ethnic Studies tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bilan boyitilgan. Kutubxonada AQShning siyosiy, ijtimoiy va oilaviy masalalaridagi 19 milliondan ortiq qo’lyozmalar, 500000dan ortiq bosma ma’lumotlar va 300000dan ziyod grafik ma’lumotlar saqlanadi.  

Ikkala kutubxona Filadelfiya shahrida yonma-yon joylashgan va bir-biridan mustaqil faoliyat yuritadi. AQSh va Atlantik Olam tarixiga qiziquvchi tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan The Barra Foundation International Research Fellowships in American History and Culture rezidensiya dasturi esa olimlarga shu ikki kutubxonadagi boy ma’lumotlardan foydalanish va tadqiqot qilish imkoniyatini beradi. Dastur doirasida ikki nafar tadqiqotchi olimga bir oy davoida kutubxonalarda tadqiqot olib borish uchun sharoit yaratib beriladi. Rezidentlar Library Company’ga qarashli Cassatt House Fellow’s Residence binosida yashashadi.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan olimlarning har biriga 1 oylik dastur uchun 2500 AQSh dollari stipendiya beriladi va ularga transport xarajatlarini qoplashlari uchun qo’shimcha mablag’ ham beriladi.

Talablar:

Dasturga qabul talablari:

  1. Nomzod doktorantura kursida tadqiqot qilayotgan, ilmiy ish qilayotgan yoki doktoranturadan keyingi tadqiqot ishlari bilan shug’ullanayotgan tadqiqotchi (olim) bo’lishi kerak.
  2. Nomzod olib borayotgan tadqiqot ishlari mavzulari AQSh va Atlantik Dunyo tarixi va madaniyati mavzularida bo’lishi zarur, kutubxonadagi kolleksiyalar esa nomzodning izlanishlari uchun juda muhim bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur Barra Fondi tomonidan moliyalashtiriladi, shuning uchun unga Fond tomonidan tashkil etilayotgan boshqa grant dasturlari bilan birgalikda ariza topshiriladi. The Barra Foundation International Research Fellowships in American History and Culture rezidensiya dasturiga arizalar bu yerda 2019-yil 1-martga qadar qabul qilinadi. Ariza to’ldirishda ariza beriladigan sahifada so’ralgan barcha ma’lumotlar kiritilib, sahifa oxiridagi dasturlar ro’yxatidan “Barra International Fellowships” deb ko’rsatilgan dastur tanlanadi va ariza topshiriladi.

Ariza berishda CV va tadqiqot taklifi tayyorlanib, ikkalasi bitta PDF hujjat shakliga keltirilishi va tizimga joylanishi kerak. Undan tashqari, bitta tavsiyanoma ham taqdim etish kerak.Tavsiyanoma taqdim etishda, tavsiya beruvchi bu yerga kirib, yozilgan tavsiyanomani o’zi yuklashi kerak bo’ladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun  (215) 546-3181 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!