Belgiyaning Bryussel shahrida joydashgan Vrije Universiteit Brussel navbatdagi The Master Mind Scholarships Fellowship Programme for Excellent Students dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu grant mamlakat oliy taʼlim tizimiga xalqaro talabalarni jalb qilish, shuningdek, yuqori bilimli, intiluvchan va salohiyatli hamda universitet magistraturasida oʻqish istagida boʻlgan nomzodlarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grant bir–ikki yilgacha beriladi va 20 ta joy ajratilgan.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Vrije Universiteit Brussel magistratura bosqichining bir yillik kontrakt toʻlovi haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.
Grant yutib olgan nomzodning oʻqish puli toʻliq qoplab beriladi. Stipendiat birinchi kursni muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda grant yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
*Grant yashash va boshqa qoʻshimcha xarajatlarni toʻlashni nazarda tutmaydi.
Talablar:
Nomzodlarni saralash ularning motivatsion xati asosida intiluvchanligi, avvalgi akademik yutuqlari, oʻzlashtirish koʻrsatkichi, salohiyati kabi mezonlarga koʻra amalga oshiriladi.
Talablar
Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Barcha davlatlar vakillari ariza topshira oladi.
- Nomzod avval Belgiya universitetlarida oʻqimagan boʻlishi kerak.
- Talabgor ayni vaqtda davlatning boshqa oliygohlaridan biri talabasi boʻlmasligi lozim.
- Bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Ingliz tilini egallaganlik darajasi TOEFL iBT kamida 94, IELTS kamida 7,0 yoki CAE kamida C1.
- CGPA kamida 4 dan 3 boʻlishi zarur (talablarni aniqlash: SHU YERDA).
*Grant amal qiladigan ixtisoslikni aniqlash uchun international.relations@vub.ac.be manzili bilan bogʻlaning.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2019-yil 15-martga qadar qabul qilinadi. Ularning tarkibi quyidagicha:
- Universitet magistratura dasturlaridan biriga ariza berish. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil maʼlumot: SHU YERDA.
- VUB-Education va Student Administration tomonidan talabalikka qabul qilinganligi tasdiqlangan talabgor grantga ariza berish huquqiga ega boʻladi.
- Grantga ariza topshirish. Ariza quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
- Ariza blankini international.relations@vub.ac.be manzili orqali olish mumkin;
- talabalikka qabul qilinganlik haqida maʼlumotnoma;
- diplom va akademik baholar (diplom ilova) nusxasi (ingliz, fransuz yoki golland tilida);
- ingliz tili sertifikati;
- motivatsion xat (A4 formatda 2 betgacha);
- 2 ta tavsiyanoma.
Natijalarning eʼlon qilinishi
2019-yilning sentyabr oyigacha natijalar eʼlon qilinadi.
*Grant shartlari haqida batafsil maʼlumot: SHU YERDA.
Bogʻlanish uchun: international.relations@vub.ac.be