×

Shanxay: bakalavr, magistatura va PhD talabalari uchun to’liq grant, bepul turar joy va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

4340 marta

Xitoyda joylashgan Shanghai University of Finance and Economics (SUFE) oliygohining International Cultural Exchange School bo’limi chet ellik talabalarga Shanghai Government Scholarship dasturining navbatdagi – 2019 – yilgi grantlarini etadi. Ushbu grant dasturi ikki turga bo’lingan bo’lib, birinchi tur shu Universitetning  bakalavr kurslarida o’qiydigan talabalari uchun, ikkinchi turi magistratura hamda PhD kurslari talabalari uchun ajratiladi. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan, xitoy tilida tahsil oladigan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi chet ellik talabalarni qo’llab – quvvatlashdir.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Birinchi tur stipendiyalar – magistratura va PhD talabalari uchun bo’lib, dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

  1. O’qish to’lovi to’liq qoplanadi.
  2. Turar joy bilan ta’minlanadilar.
  3. Magistratura talabalari uchun 3 000 RMB (tahminan 440 AQSH dollari).
  4. PhD talabalari uchun 3 500 RMB (tahminan 510 AQSH dollari) miqdorida oylik stipendiya ajratiladi.
  5. Talabalar tibbiy sug’urta.

Ikkinchi tur stipendiyalar bakalavr talabalari uchun mo’ljallangan va g’olib talabalarga quydagi imtiyozlar beriladi:

  1. O’qish to’lovi to’liq qoplanadi.
  2. Talabalar tibbiy sug’urta.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  1. Nomzod xitoylik bo’lmasligi kerak
  2. Ariza beruvchilar sog’lom bo’lishlari kerak
  3. Nomzod Shanghai University of Finance and Economics oliygohining bakalavr, magistratura yoki PhD kurslaridan biriga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak
  4. Bakalavr kurslariga ariza topshiruvchilar kamida 18 yoshga to’lgan va 2019-yil 1-sentabrga qadar yuqori maktab (litsey/kollej) ni tamomlagan bo’lishlari kerak
  5. Magistratura kurslariga ariza topshirgan nomzodlar 35 yoshdan kichik hamda 2019 – yilning 1-sentabriga qadar bakalavr bosqichini tamomlagan bo’lishlari kerak
  6. PhD kurslariga ariza topshiruvchilar 40 yoshdan kichik va 2019 – yil 1- sentabrga qadar magistratura bosqichini tamomlagan bo’lishlari talab etiladi
  7. Hujjat topshirilgan bakalavr kurslari 4 yil, magistratura kurslari 2 yil hamda PhD kurslari 3- 4 o’quv yilidan uzoq bo’lmasligi kerak
  8. Qatnashchilar Xitoyning boshqa biror universitetida stipendiya olishlari mumkin emas.
  9. Nomzod xitoy tilini yaxshi bilishi, new HSK5 (180 va undan yuqori ball) sertifikatiga ega bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Barcha hujjatlar 2019-yilning 30-martiga qadar universitet qabulxonasiga pochta orqali yuborilishi zarur. Hujjatlarning vaqtida yetib borishi uchun nomzodning o’zi javobgar hisoblanadi. Kechikib yetib borgan hujjatlar ko’rib chiqilmaydi.

  1. Hujjatlarni topshirish uchun stipendiya beruvchining http://study.shmec.gov.cn saytiga kiriladi va ariza to’ldirilib, chop etiladi va imzo chekiladi
  2. Universitetga kurslariga ariza berish uchun http://ao.sufe.edu.cn elektron manzilida ariza shakli to’ldiriladi, chop etiladi hamda imzo chekiladi
  3. Kerakli hujjatlar ro’yxatidagi barcha hujjatlar to’planib, Admission Office at ICES SUFEga, quyidagi manzil bo’yicha pochta orqali yuboriladi:

Room 102, Admission Office,
ICES SUFE No.369 Zhongshan Beiyi Road,
Shanghai (200083), China

Kerakli hujjatlar:

  1. Shanghai Government Scholarship dasturi uchun ariza (asl nusxasi).
  2. SUFE universitetiga qabul uchun ariza (asl nusxasi).
  3. Pasportning oldingi sahifasi, viza sahifasi.
  4. Maktab attestati yoki kollej/litsey diplomi nusxasi (bakalavr bosqichi uchun)
  5. Bakalavr diplomi (magistratura uchun) yoki magistrlik diplomining nusxasi (PhD uchun).
  6. Baholar/diplom ilovasi.
  7. HSK sertifikati (kamida 180 ball).
  8. Personal Statement (shaxsiy bayonot) ingliz yoki xitoy tilida (hujjat 1 000 so’zdan oshmasligi va magistratura hamda PhD nomzodlari unda ish tajribasi, tadqiqot rejasi, tadqiqot natijalari haqida yozishlari zarur).
  9. Bakalavr kurslari uchun 1ta tavsiyanoma.
  10. Magistratura hamda PhD kurslari uchun 2 ta tavsiyanoma.
  11. Arizani ko’rib chiqish uchun to’lov (bakalavr kurslari uchun 415 RMB, magistratura/PhD kurslari uchun 830 RMB)
  12. Tibbiy tekshiruv natijalari.
  13. Boshqa erishilgan akademik yoki sport musobaqalari diplom yoki sertifikatlaridan nusxa (agar mavjud bo’lsa).

Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tillarida taqdim etilishi zarur. Tarjima qilingan hujjatlarning barchasi notarius orqali tasdiqlangan bo’lishi kerak.

Muhim sanalar:

  • Ariza sanasi: 2019-yilning 1-martidan 30- martigacha.
  • Dastur g’oliblari 2019-yil may oyining o’rtalarida http://ices.sufe.edu.cn saytida e’lon qilinadi.
  • Dasturning boshlanishi: 2019- yil sentyabrning boshi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan yoki savol – javoblardan olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Tel: +86-21-65361944

E-mail: ices@mail.sufe.edu.cn

Wechat: Study_at_sufe

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!