×

AQSh: Tadqiqot olib borish uchun yillik 67 000 AQSh dollar stipendiya; joy – 5 ta!


Grant

MUHLAT

01.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3361 marta

AQShda joylashgan dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblangan Garvard universiteti tarkibidagi Garvard Akademiyasi – The Harvard Academy for International and Area Studies 2020-oʻquv yiliga navbatdagi Academy Scholars Programga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya ikki yil davomida beriladi. Stipendiya dasturi Kanada va AQShdan tashqaridagi davlatlarda til, madaniyat, tarix bilan bogʻliq ijtimoiy fanlar va huquq sohasi boʻyicha karyerani endigina boshlagan olimlarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Shuningdek, stipendiya oʻtmish yoki bugungi kunning ichki, tashqi va qiyosiy yoki transmilliy muammolarini oydinlashtirishda yordam berishi mumkin. Ushbu grantni universitetda doimiy oʻqishni nazarda tutmaydi.

Grant kimlar uchun?

Doktorantura/PhD bosqichida oʻqiyotgan yoki tamomlaganiga 3 yildan oshmaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. PhD yoki unga muqobil ilmiy darajasi bor nomzodga bir yilga 67 000 AQSh dollari miqdorida stipendiya beriladi.
  2. PhD dissertatsiyasini himoya qilmagan talabgorga esa bir yilda 31 000 AQSh dollari miqdorida stipendiya ajratiladi.
  3. Stipendiya konferensiyalarda qatnashish, ilmiy tadqiqot olib borish va tibbiy sugʻurta xarajatlarini qoplash uchun moʻljallangan.
  4. Stipendiat 2 yil davomida Kembrij/Bostonda yashash uchun turar joy bilan taʼminlanadi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolik va millatga oid cheklash yoʻq).
  2. Nomzod PhD bosqichini (yoki unga muqobil bosqichni) tamomlagan yoki tugatish arafasida turgan boʻlishi kerak.
  3. Ijtimoiy fanlar yoki huquqshunoslik sohasida tadqiqot ishi olib borayotgan yoki ushbu mavzularda dissertatsiya himoya qilgan boʻlishi kerak.
  4. Doktorantura/PhD bosqichini tamomlaganiga yoki ilmiy daraja olganiga 3 yildan oshmagan nomzodlarning arizalari koʻrib chiqishga qabul qilinadi.

Nomzodlar tadqiqot ishining dolzarbligi, akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Barcha hujjatlar va ariza topshirish onlayn tarzda Garvard universiteti rasmiy saytida amalga oshiriladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

Hujjatlar tarkibi:

  1. Yoʻllanma xat. Xat nomzodning tadqiqot sohasi haqida qisqacha maʼlumot, mamlakat, ixtisosligi va taqdim etayotgan loyihasi toʻgʻrisida yozilgan boʻlishi kerak.
  2. Biografiy maʼlumotlar (CV) va nashr ishlari roʻyxati.
  3. Tadqiqot ishi haqida 2500 soʻzgacha izoh. Izoh intellektual maqsadlar, metodik va dissiplinar ishlarni oʻz ichiga olishi kerak.
  4. Doktoranturada oʻqigan baholari.
  5. 3 ta tavsiyanoma.

Barcha hujjatlar  va tavsiyanomalar «Selection Committee» nomi bilan 2019-yil 1-oktyabr kunigacha PDF formatda yuqorida koʻrsatilgan saytdagi onlayn-ilovaga yuklanishi kerak.

Eslatma: Hozirda ushbu grantga qabul yopiq. Hujjatlarni qabul qilish 2019-yilning 1-iyunidan ochiladi va shu yilning 1-oktabrigacha davom etadi.

Murojaat uchun elektron pochta:  applicationinquiries@wcfia.harvard.edu

Bogʻlanish uchun:

The Harvard Academy for International and Area Studies
Weatherhead Center for International Affairs 1727 Cambridge StreetCambridge, MA 02138 USA
Telefon: (617) 495-2137
Faks: (617) 496-9592

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!