×

UWE Bristol: magistraturada o’qish uchun 100% grant!


Grant

MUHLAT

30.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

8106 marta

Angliya gʻarbidagi Stok-Gifford shahrida joylashgan University of the West of England Bristol (UWE)ning Faculty of Health and Applied Sciences fakulteti 2021-2022-oʻquv yili uchun Faculty of Health and Applied Sciences Deanʻs Scholarship dasturiga sogʻliqni saqlash hamda amaliy fanlar magistratura yoʻnalishlarida oʻqishni xohlagan nomzodlardan arizalar qabul qilmoqda. Grant oʻzi tanlagan magistrlik dasturida oʻqishi hamda oʻz mamlakatidagi ekologik, sogʻliqni saqlas, farovonlik yoki xavfsizlik masalasini yaxshilashga hissasini qoʻsha olishi orasidagi bogʻliqlikni koʻrsatib bera olgan 1 nafar talabaga beriladi.

Stipendiatlar oʻqishni tamomlaganlaridan soʻng UWE Bristol bitiruvchilar tarmogʻi aʼzosi sifatida universitetning boʻlajak talabalariga oʻz dasturlarini targʻib qilishlari mumkin.

Grantlar quyidagi kurslarga o’qishga kirgan talabalarga beriladi:

  • MRes Applied Sciences
  • MSc Biomedical Science
  • MSc Environmental Health
  • MSc Forensic Science
  • MSc Health Psychology
  • MSc Health Technology
  • MSc Occupational Psychology
  • MSc Public Health
  • MSc Science Communication
  • MSc Sport and Exercise Psychology

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of the West of England Bristol (UWE) magistratura kursida oʻqish toʻlovi bir yilga oʻrtacha 14 500 funt-sterlingni tashkil etadi. Grant yutib olgan nomzod oʻqiyotgan magistratura dasturining bir yillik kontrakt toʻlovi 100% toʻlab beriladi (deyarli barcha magistrlik kurslarida oʻqish 1 yil).

Grant nomzodning kontraktdan boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning yuqorida sanab oʻtilgan magistrlik dasturlaridan biriga ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak.
  3. Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim (Britaniya tizimiga bakalavrlik diplomi 2:1 yoki birinchi darajali boʻlishi kerak).
  4. Nomzodning mamlakatida yaqin orada yuzaga kelgan jiddiy ekologik, salomatlik yoki xavfsizlik muammosi yuz bergan boʻlishi (Orol dengizi bilan bogʻliq muammolar mos) va bu nomzod tanlagan magistrlik kursi sohasiga mos boʻlishi kerak.
  5. Ingliz tilini yaxshi bilish zarur (kerakli kurs tanlanganda til talablari ham berilgan boʻladi, koʻrsatilmagan boʻlsa, email yozish orqali aniqlashtiring).
  6. Bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  7. Avval Britaniyada oʻqimagan va  UWE oliygohida yangi talaba boʻlish zarur.
  8. Boshqa manbalardan stipendiya olmayotgan boʻlishi kerak.
  9. Baholar varagʻi (diplom ilova) taqdim etishi zarur.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yil 30-iyunga qadar qabul qilinadi. Kerakli kursga onlayn ariza shaklini toʻldirish jarayonida mazkur grant dasturiga ham birdan ariza topshirish taklif etiladi.

Kurslarga ariza topshirish:

Avvalo, yuqorida koʻrsatilgan dasturlardan biriga onlayn tarzda ariza berish kerak. Onlayn-ariza toʻldirish dastur haqida maʼlumot joylashtirilgan veb-sahifaning soʻngida “Apply now” nomi bilan koʻrsatilgan.

  1. Kerakli dasturni tanlash lozim. Barcha magistratura dasturlar: SHU YERDA koʻrsatilgan. Roʻyxatdan kerakli kurs tanlanadi.
  2. Dastur sahifasi oxiridagi “Apply now” yozuvini bosiladi.
  3. Soʻng Apply for Full-time September 2021 yozuvi bosilib, hisob (akkaunt) yaratiladi va kursga ariza topshiriladi.

Oʻqishga qabul uchun taxminiy hujjatlar tarkibi:

  1. Bakalavr diplomi.
  2. Ingliz tili sertifikati (IELTS 6.5 va/yoki undan yuqori).
  3. Tavsiyanoma (agar soʻralsa).
  4. Rezyume (agar soʻralsa).
  5. Diplom va ilovasining ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi.

Kursga qarab bulardan boshqa hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

Har bir kurs sahifasi oxirida savollar yuzasidan murojaat qilish uchun telefon raqam va email berilgan. Qabul boʻyicha savollaringiz boʻlsa, koʻrsatilgan telefon raqam yoki email orqali soʻrashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!