×

University College Cork: doktorantura uchun 11 ta qisman grant!


Grant

MUHLAT

01.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Irlandiya

O'QILGAN

1779 marta

Irlandiyaning Kork shahrida joylashgan University College Cork (UCC) oliygohi navbatdagi Excellence Scholarships (PhD) dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi College of Arts, Celtic Studies & Social Sciences fakultetiga Ph.D. yoki MPhil (Magister Philosophiae)  bosqichiga o’qishga qabul qilingan tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan. Excellence Scholarships (PhD) dasturi har yili 11 nafar tadqiqotchiga UCC oliygohida tadqiqot olib borish imkoniyatini beradi. Dastur doirasida MPhil bosqichi uchun 2 yillik, PhD bosqichi uchun 3 yillik hamda PhD Digital Arts and Humanities va DSocSc (Doctor of Social Science) bosqichlari uchun 4 yillik o’qish xarajatlari uchun qisman grant ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Excellence Scholarships (PhD) dasturi faqat Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun belgilangan kontrakt summasining 100 foizini to’lash uchun mo’ljallangan bo’lib, boshqa mamlakat fuqarolari (non EU students) o’zlari uchun belgilangan kontrakt pulining qolgan qismini o’zlari qoplashlariga to’g’ri keladi.

Stipendiya bir o’quv yilida bir marta beriladi. Agar tadqiqotchining yil davomidagi erishgan yutuq va ko’rsatkichlari grant beruvchini qoniqtirsa, stipendiya ta’minoti keyingi yillarga ham uzaytirilishi mumkin.

University College Cork oliygohida tahsil olish uchun sarflanadigan xarajatlar haqida bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolikka oid cheklash yoʻq);
  2. Nomzod kamida Second Class Honours (magistr) darajasiga ega bo’lishi kerak
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak
  4. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak
  5. Nomzod UCC ning College of Arts, Celtic Studies & Social Sciences fakulteti kurslaridan biriga ariza topshirgan bo’lishi kerak
  6. Grantni yutib olgab tadqiqotchi 2 hafta ichida grant hay’atiga o’z javobini ma’lum qilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish uchun barcha hujjatlar yuklab olinadi, to’ldiriladi (kompyuter orqali) bitta PDF fayliga joylanadi va email orqali graduateschool.cacsss@ucc.ie. manziliga yuboriladi. Hujjatlar 2020-yil 1-maygacha qabul qilinadi. Bu grantga kerakli hujjatlar shu yerga dedlaynga yaqin joylashtiriladi.

Talab etiladigan hujjatlar

  1. Ariza.
  2. Passport nusxasi.
  3. Magistrlik diplomi va baholar.
  4. Tavsiyanoma.

Universitetning PhD kurslariga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  1. Universitetga faqat onlayn arizalar qabul qilinadi.
  2. Magistrlik diplomi.
  3. Baholar (diplom ilovasi).
  4. Tadqiqot rejasi.
  5. Passport nusxasi.
  6. Til sertifikatlari. IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan 5 ball yoki TOEFL 90 ball.
  7. CV.
  8. Tavsiyanoma (agar qabul komissiyasi tomonidan so’ralsa).
  9. Boshqa akademik yoki professional yutuqlar va mukofotlar haqidagi hujjat (agar mavjud bo’lsa).
  10. Arizani ko’rib chiqish uchun 50 yevro miqdoridagi to’lov.

Universitetga qabul jarayoni haqidagi qo’llanma bilan bu yerda tanishing.

Ma’lumot uchun graduateschool.cacsss@ucc.ie elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Bog’lanish uchun:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!