×

Angliya: Oʻqishga tayyorgarlik kurslari uchun 5 000 funt-sterling grant; joy – 10 ta!


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2966 marta

Angliyaning Bristol shahrida joylashgan Bristol universiteti – University of Bristol 2019-2020-oʻquv yili uchun Think Big International Foundation Programme Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning International Foundation Programmening quyidagi bir yillik bakalavrga tayyorlov kurslarida oʻqishni istagan eng iqtidorli chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida beriladi:

Kurslarda oʻqish 2019-yil 23-sentyabrdan 2020-yil 12-iyungacha davom etadi. Grant 10 nafar nomzodga bir yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishga tayyorlov kursida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Think Big grant dasturi talabaga stipendiya koʻrinishida beriladi. Stipendiya miqdori 5 000 funt-sterling va bu pulni faqat kontrakt toʻlash uchun sarflash mumkin. Dastur stipendiya yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

University of Bristol da oʻqish uchun chet ellik talaba bir yilga 19 100 funt-sterling kontrakt toʻlashi kerak.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  • Nomzod Angliya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin (yuqorida koʻrsatilgan).
  • International Foundation Programmening 2019-yil sentyabrda boshlanadigan 3 ta yoʻnalishidan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi/kirishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetda oʻqitiladigan uchta kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ham, grantga ham ariza berishi zarur. Buning uchun avval oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirish kerak. Ariza toʻldirishdan oldin universitet onlayn-ilovasida roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Masalan, IFP – Arts and Humanities mutaxassisligiga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

Oʻqishga hujjat topshirishga yoʻriqnoma bilan toʻliq tanishib chiqing.

Keyin grant arizasini toʻldirish kerak. Arizada quyidagi maʼlumotlar yozilishi kerak:

  • Shaxsiy maʼlumotlar.
  • Esse (Insho).
  • Stipendiya haqida maʼlumotlar.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  • Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi (baholar aʼlo boʻlishi kerak. Universitet talabi boʻyicha 100 dan 85% baho qabul qilinadi).
  • Sertifikatlar.
  • Ingliz tili testi sertifikati (IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati).
  • Pasport nusxasi.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga akademik yutuqlari, oʻqishga qiziqishi va ijtimoiy faolliklari asosida saralanadilar.

Grant dasturi uchun ikki marta ariza berish mumkin. Shuning uchun dedlayn muddati farq qiladi:

  • 2019-yil 31-martgacha. Natijalar 2019-yil 26-aprelgacha maʼlum qilinadi.
  • 2019-yil 30-iyungacha. Natijalar 2019-yil 19-iyulgacha xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun bu yer orqali dastur tashkilotchilariga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!