×

Nexus Scholarship: Avstraliyada magistraturada o’qish uchun to’liq yoki qisman grant!


Grant

MUHLAT

22.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2348 marta

Avstraliyaning gʻarbida joylashgan Gʻarbiy Sidney universiteti – Western Sydney University Nexus Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur 2019-yilning kuzgi semestrida boshlanadigan Master of Chinese Cultural Relations kursida magistraturani oʻqishgi xohlagan talabalar uchun moʻljallangan.

Master of Chinese Cultural Relations kursi 1,5 yil toʻliq (kunduzgi) taʼlim beradi. Bu kursni tugatgan bitiruvchi muzey kuratori, turizm menejeri, sanʼat galereyalari, filmlar suratga oluvchi tashkilotlarda marketing menejer boʻlib ishlashi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba Master of Chinese Cultural Relations kursi magistratura kursida oʻqish uchun 2019-2020-oʻquv yiliga taxminan 20 837 AQSh dollar kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodning kontrakt puli qisman yoki toʻliq toʻlab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod ijtimoiy, gumanitar fanlar, Osiyo davlatlarini oʻrganish, xalqaro aloqalar, lingvistika, ijodiy sanʼat va tillar boʻyicha bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi, IELTS kamida 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi (baholari 100 foizdan kamida 75%) boʻlishi kerak.
  • Universitet Master of Chinese Cultural Relations magistratura kursida oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod oʻqish davomida Avstraliyada yashashini kafolatlashi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant olish uchun Western Sydney Universityning Master of Chinese Cultural Relations kursiga oʻqishga kirish kerak. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi.

Demak, universitetga qabul uchun hujjat topshiramiz.

Hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Bakalavr diplomi va diplov ilova nusxasi.
  • Avval oʻqigan universitetlardan baholar varagʻi (kamida 100 dan 75% koʻrsatkich boʻlishi talab qilinadi) va oʻqiganligi haqida maʼlumotnoma. Bu ikkita hujjat ikkita alohida rasmiy blankda yozilgan va imzo qoʻyilgan boʻlishi kerak.
  • Sertifikatlar.
  • Agar nomzod tanlagan sohasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa, ish tajribasi haqida maʼlumot (bunda tashkilot nomzod ishini qanday bajarayotgani haqida maʼlumot beradi) va yuqorida koʻrsatilgan baholar varagʻini topshiradi.
  • Ingliz tili IELTS 6.5 sertifikati.
  • 250 ta soʻzgacha hajmda “research topic” yozish kerak.
  • Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.

Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, ish tajribasi, Xitoy bilan madaniy aloqalarga bogʻliq tadbirlar va tadqiqiotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

International Office
Scholarships Unit
Western Sydney University,
Locked Bag 1797,
Penrith NSW 2751

Telefon: 1300 897 669

Elektron pochta: internationalscholarships@westernsydney.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!