Fransiyaning Parij shahrida joylashgan Université Paris-Saclay 2021-2022-oʻquv yili uchun International Masterʻs Scholarship Programme dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant oʻqish pulini qoplash va yillik stipendi ajratishga moʻljallangan. Grant magistratura talabalari uchun moʻljallangan. Grant bir-ikki yil muddatga beriladi.
Grant universitet tarkibidagi quyidagi oliygohlarga o’qishga kirgan talabalarga beriladi:
- AgroParisTech
- CentraleSupelec
- ENS Paris-Saclay
- INSTN-CEA
- IOGS
- UEVE
- UPSaclay
- UVSQ (batafsil)
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitetning magistratura yoʻnalishlarida oʻqish haqi tanlangan yoʻnalishga koʻra farq qiladi. Chet ellik talaba uchun toʻlov tub aholi toʻlaydigan kontrakt pulidan koʻproq. Ammo kontrakt hajmi juda kam. Bu haqida oʻzingiz tanlagan kurs va universitet rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.
Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:
- Bir yoki ikki yil davomida nomzodga yillik 10 000 yevro stipendiya ajratiladi.
- Nomzodga 1 000 yevrogacha viza va yoʻl xarajatlari uchun pul berilishi mumkin.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
- Nomzod universitetning yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan: AgroParisTech, CentraleSupelec, ENS Paris-Saclay, INSTN-CEA, IOGS, UEVE, UPSaclay, UVSQ magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak. Grantga ariza topshirish mumkin yoki yoʻqligini universitet qabul komissiyasi nomzodning hujjatlarini qoʻrib chiqqanidan keyin belgilaydi.
- Nomzod 30 yoshgacha boʻlishi lozim.
- Fransiyada bir yildan kam vaqt ichida yashayotgan va ilmiy daraja bermaydigan kurslarda oʻqiyotgan nomzod ariza topshira oladi.
- Fransiyada bir yildan kam muddatda til oʻrganayotgan nomzod grantga ariza berishi mumkin.
- Fransiyada avval almashuv dasturlarida (masalan, Erasmus Mundus) oʻqigan nomzod ariza bera oladi.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
- Nomzod taʼlim olish uchun tanlagan (ingliz yoki fransuz) tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0 boʻlishi talab qilinadi. Fransuz tili esa kamida B2 boʻlishi kerak. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning magistratura bosqichida oʻqitiladigan kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Faqatgina qabul komissiyasi tomonidan grantga ariza berishga munosib deb topilgan nomzodlargina grantga ariza berishi mumkin. Qabul komissiyasidan taklifnoma xati kelgandan keyin grantga alohida ariza toʻldiriladi. Dedlayn – 2021-yil 16-may.
Dastlab oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirish kerak. Magistratura kursiga bu yerda ariza berishingiz mumkin.
Kerakli hujjatlar tarkibi (oʻqishga kirish uchun):
- Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza. Ariza ingliz tilida toʻldirilishi kerak. Agar istasangiz, fransuz tilida toʻldirishga ham ruxsat beriladi.
- Fransuz tili ona tilisi boʻlmagan talabalardan B1 darajadagi fransuz tili sertifikati talab qilinadi.
- Oʻqigan universitetingizdagi oʻquv rejalar va soatlar, oʻquv dasturlari (diplom va diplom ilovasida bu maʼlumotlar koʻrsatilgan).
- Rezyume.
- Motivatsion xat.
- Tavsiyanoma.
- TOEIC Certificate/TOEIC: kamida 90/120 TOEFL – yoki IELTS kamida 6.0 – yoki FCEning A darajasi, CAE yoki Proficency test (qoʻshimcha maʼlumotni m2.clues@agroparistech.fr manzilidan olish mumkin).
- Baholar.
*Muhim! Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab dedlayn muddati va hujjatlar tarkibi farq qiladi. Grantga ariza topshirish 2021-yil 16-maygacha boʻlganligi uchun, oʻqishga topshiradigan arizangizni iloji boricha erta topshirishga harakat qiling. Dedlayn muddati kurs sahifasining eng oxirida koʻrsatilgan. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.
Maʻlumot uchun:
Service Education/Research: