×

Avstraliya: Edith Cowan University – barcha bosqichlar uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

30.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1757 marta

Avstraliyaning Edith Cowan University Australian Alumni International Scholarship 2019 dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitetning bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlari talabalari uchun moʻljallangan. Grant oʻqish muddati tugaguncha beriladi. Grant oʻqish pulini qisman qoplaydi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqich talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetda oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha har bir kreditga kontrakt puli toʻlaydi. Umumiy toʻlov tanlangan fanlardan yigʻish kerak boʻlgan kreditlar soniga qarab aniqlanadi. Masalan, Master of Engineering kursidan bir yilga umumiy 120 kredit toʻplash kerak. Shunga qarab bir yillik kontrakt taxminan 19 755 AQSH dollarini tashkil etadi.

Grant yutib olgan nomzodga oʻqishni tugatguncha kontrakt pulining koʻpi bilan 20 foizi toʻlab beriladi. Stipendiya toʻlovni qisman qoplaydi, shuning uchun talaba kontrakt pulining qolgan qismi, yashash, ovqatlanish, tibbiy sugʻurta va oʻquv qurollari uchun xarajatlarni oʻzi toʻlaydi. Grant uchun berilgan pulni faqatgina kontrakt toʻlashga ishlatish mumkin.

Agar uzrli sabablarga koʻra nomzodning oʻqishi kechiqsa, grant muddati bir semestrgacha surilishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻzbekistonlik fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavr, magistratura yoki doktorantura kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod ariza topshirayotgan vaqtida quyidagilardan biriga mos kelishi kerak:
    – Recognised English course (kamida 10 hafta).
    – Study Abroad dasturi.
    – University Foundation dasturi.
    – Secondary Schooling.
    – Istalgan VET providerdan Certificate Diploma, Advanced Diploma yoki Associate degree olishi kerak.
    – Undergraduate degree, Graduate Certificate, Graduate Diploma yoki Master degree; yoki
    – Off-shore AQF award
    – Australian Universityʼdan birida 6 oy oʻqigan boʻlishi lozim.
  • Avstraliya hukumatidan stipendiya olmayotgan boʻlishi kerak.
  • Universitetdan boshqa stipendiya olmayotgan boʻlishi lozim.
  • Beriladigan stipendiya faqat kontrakt pulini toʻlashga ishlatilishi mumkin.
  • Stipendiya universitetning ECU Joondalup, ECU Mount Lawley yoki ECU South West  kampuslarida oʻqish uchun beriladi. Nomzod shunga rozilik berishi kerak.
  • Nomzod kotnrakt toʻlovini koʻrsatilgan muddatda toʻlashi kerak, aks holda stipendiya bekor qilinadi.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi va jismoniy hamda ruhiy jihatdan sogʻlom boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun bakalavr, magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga ariza topshirishning oʻzi kifoya. Kursga hujjat topshirgan har bir chet ellik talaba grantga talabgor hisoblanadi.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

Masalan, Bachelor of Science (Mathematics) Honours kursiga ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab, kurslar roʻyxatidan “Bachelor of Science (Mathematics) Honourskursini topamiz.
  2. Entry requirements sahifasida umumiy maʼlumotlar bilan tanishamiz.
  3. Fees & Scholarships” Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi ham koʻrsatilgan.
  4. Apply yozuvini bosib, ariza toʻldiramiz. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Ariza.
  2. Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.5, barcha boʻlimlardan kamida 6,0). Til bilish darajasi tanlangan kursga koʻra farq qiladi. Shuning uchun kurs sahifasidan ingliz tiliga qoʻyiladigan talablarni aniqlab olamiz.
  4. Diplom va diplom ilovasi (texnika yoki muhandislik boʻyicha bakalavr diplomi talab qilinadi). Kirish talablari sahifasida diplom va diplom ilovasiga qoʻyiladigan talab turli davlatlar boʻyicha turlicha. Ammo sahifada berilgan davlatlar roʻyxatida Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Oʻzbekistonlik talabalar uchun hujjatlar tarkibi boʻyicha qoʻshimcha savollarni aniqlash uchun kurs sahifasida koʻrsatilgan manzil va telefonga murojaat qilish kerak.
  5. Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa). Ayrim hollarda talabadan kamida 1 yoki 2 yillik kasbiy ish tajribasi talab qilinishi mumkin. Bu haqida maʼlumotni kurs sahifasidan yoki koʻrsatilgan kontaktlar orqali aniqlaymiz.

*Hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Shuningdek, hujjatlarni iloji boricha erta topshirishga harakat qiling.

Nomzodlar aʼlo baholari, oʻqishga ishtiyoqi, tanlagan sohasi boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi, ijtimoiy faolligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Telefon: +61 8 6304 0000

Elektron pochta: international.parternships@ecu.edu.au .

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!