×

Indoneziya: magistratura uchun toʻliq grant; 16 ta universitetda 1163 tagacha joy!


Grant

MUHLAT

12.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Indoneziya

O'QILGAN

2733 marta

Indoneziya Taʼlim va Madaniyat vazirligi tomonidan 1992-yilda tashkil etilgan Kemitraan Negara Berkembang (KNB) Scholarship dasturi 2019-2020-oʻquv yili uchun arizalar qabul qilmoqda. Grant 35 yoshgacha boʻlgan bakalavriat va magistratura talabalari uchun moʻljallangan. Grantga til o`rganishni istagan talabalar ham ariza bera oladi. Grant 12 oy (bir yil)dan 48 oy (toʻrt yil)gacha beriladi.

Grant indonez tili, madaniyati va sanʼatini dunyoga tarqatish uchun chet ellik talabalarni jalb qilish maqsadida tashkil qilingan.

Grant Indoneziyada joylashgan 16 ta universitetdan birida quyidagi bosqichlarda oʻqish uchun beriladi:

  1. Indonesian Language Course va Master Preparatory Program – 12 oygacha.
  2. Master Program – 24 oygacha (4 semestr).
  3. Bachelor Program – 48 oygacha (8 semester).

Ta’lim Bahasa (indonez) tilida olib boriladi. Universitetlar roʻyxatini yuklab olish: SHU YERDA:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kemitraan Negara Berkembang (KNB) Scholarship dasturi nomzodlarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  1. Nomzod Indoneziyaga yetib kelishi bilan bir martalik 1 250 000 IDR (taxminan 88,55 AQSh dollar) pul beriladi.
  2. Til kursida o`qishni istaganlarga har oyda 2,550 000 IDR (taxminan 180,63 AQSh dollar) pul to`lanadi.
  3. Magistraturada o`qiydigan nomzodga har oyda yashash xarajatlari uchun 2,550 000 IDR (taxminan 180,63 AQSh dollar), tadqiqot olib borish uchun 400 000 IDR (taxminan 28,33 AQSh dollar), kitoblar sotib olishga 350 000 IDR (taxminan 24,79 AQSh dollar) stipendiya
  4. Tibbiy sugʻurta uchun har oyda 200 000 IDR (taxminan 14,17 AQSh dollar) Agar tibbiy yordam uchun xarajatlar ko`rsatilgan summadan oshsa, farqni talabaning o`zi to`laydi.
  5. Talabaning Vatanidan Indoneziyagacha va qabul qiluvchi universitetgacha borish-kelish transport xarajatlari

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Indoneziya bilan madaniy aloqalarga aʼzo boʻlgan rivojlanayotgan davlat vakillari ariza bera oladilar (Oʻzbekiston kiradi).
  2. Nomzod 35 yoshgacha bo`lishi kerak.
  3. Nomzod tegishli attestat/kollej/litsey diplomi (bakalavr bosqichi uchun) yoki bakalavr diplomi (magistratura uchun)ga ega bo`lishi kerak.
  4. Magistr darajasiga ega nomzodlar ariza bera olmaydi.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Grant uchun TOEFL (yoki boshqa English Proficiency) kamida 500 yoki ekvivalent talab qilinadi.
  6. Nomzod onlayn ariza to`ldirishi va yakunlab topshirishi kerak.
  7. Nomzod Indoneziyaga kelgunga qadar Statement Letter va Scholarship Agreementga imzo qo`yishi zarur.

Nomzodlarni saralash ularning yoshi, turmush qurmaganligi, bilim darajasi, ingliz tili va indonez tilini bilishiga asosan amalga oshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 12-aprelgacha qabul qilinadi. Ariza topshirish www.knb.ristekdikti.go.id saytida amalga oshiriladi.

  1. Invitation Letter. http://www.knb.dikti.go.id/ saytidan yuklab olinadi.
  2. Invitation Letter, pasport, attestat/diplom, diplom ilovalarini Indoneziya elchixonasiga topshirib, tavsiyanoma olinadi.
  3. Onlayn tarzda ariza to`ldirish jarayoni tugallanadi.
  4. Keyin esa saralash jarayonlari boshlanadi va natija e’lon qilinadi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Oʻzbekistondagi Indoneziya elchixonasidan tavsiyanoma.
  2. Tegishli Ta’lim vazirligidan Nomination letter.
  3. 2 ta tavsiyanoma.
  4. Pasport va tug`ilganlik haqidagi guvohnoma skan nusxalari.
  5. Bakalavr diplomi va diplom ilova skan nusxasi. Ingliz tilida notarial tasdiqlatib topshiriladi.
  6. Ingliz tili sertifikati skan nusxasi. Sertifikat oxirgi 2 yil ichida olingan bo`lishi kerak.
  7. Tibbiy maʼlumotnoma skan nusxasi.

Yakuniy natijalar 2019-yil may oyining ikkinchi haftasida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Manzil:

Directorate General of Science, Technology, and Higher Education Institutional Affairs
Ministry of Research, Technology and Higher Education of the Republic of Indonesia
Jalan Jenderal Sudirman, Senayan, Jakarta 10270

Telefon: +6221 57946063 / Fax: +6221 57946062

Elektron pochta: beasiswaknb@ristekdikti.go.id

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!