×

International Union X Conference: Yoshlar uchun xalqaro konferensiya!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

6015 marta

CHOP ETILGAN

08.04.2019

Qayerda: Toshkent, O’zbekiston

Kim uchun: Talabalar va 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar

Ariza topshirish muddati: 2019-yilning 5-mayigacha

Asosiy ma’lumot: Bu konferensiya 9 ta xalqaro tashkilot va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining simulyatsiyasi hisoblanadi. Konferensiya umumjahon hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan kurashadigan xalqaro miqyosda tan olingan  tashkilotlarning modelini yoshlar tomonidan talqin etuvchi xalqaro konferensiya sifatida tan olingan.  Konferensiyaning asosiy maqsadi yoshlarni xalqaro qonunchilik tamoyillari bilan yaqindan tanishtirish, ularning huquqiy ongi va salohiyatini yuksaltirish, yurtimiz ravnaqi yoʻlida munosib hissa qoʻshishga munosib avlodni voyaga yetkazish yoʻlidagi saʼy-harakatlarni ragʻbatlantirishdan iborat. Konferensiya 2019-yilning 31-may, 1-2 iyun sanalarida  bo’lib o’tadi. (Anjuman muddatiga o’zgarish kiritilsa, anjuman qatnashchilari 1 oy oldin ogohlantiriladilar.

Anjuman doirasida quyidagi tashkilotlar modellashtiriladi:

  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi (o’zbek tili)
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) (Ingliz tili)
  • Yevropa Ittifoqi (EI) (Ingliz tili)
  • Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) (Rus tili)
  • Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) (Rus tili)
  • Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (IHTT) (Ingliz tili)
  • Jahon Banki (Ingliz tili)
  • Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) (Ingliz tili)
  • Jahon Savdo Tashkiloti (JST) (Ingliz tili)
  • Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) (Ingliz tili)

Anjumanga jalb etiladigan ishtirokchilar soni nechta?
Ishtirokchilarning umumiy soni: 450 nafar (Delegatlar va “Chairs”)

Xususan, har bir xalqaro tashkilot uchun 40 nafar delegat va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uchun 50 nafar deputat tanlanadi.

Nomzodga qo’yiladigan talablar:

  • Konferensiyada 18-30 yosh orasidagi talaba va yoshlar qatnashishi mumkin;
  • Nomzod ingliz, rus, o’zbek tillaridan birida qiyinchiliksiz, sof muloqot qila olishi kerak;
  • Nomzod iqtisodiyot, siyosat, huquq va sog’liqni saqlash sohalariga qiziqishi bo’lishi kerak;
  • Nomzod konferensiya davomida Toshkent shahrida bo’lishi kerak.

Qanday qilib “Xalqaro Oʻnlar Ittifoqi” anjumani ishtirokchisiga aylanish mumkin?
1. Ariza shaklini to’ldiring.
2. Arizangiz bo’yicha yakuniy natijalardan 3 kun ichida xabardor bo’ling.
3. Elektron pochta manziliga kelgan ko’rsatmalarga amal qiling va ishtirok etish uchun zarur bo’lgan to’lovni amalga oshiring.
4. Xalqaro «Oʻnlar ittifoqi » ning ishtirokchilar uchun telegramdagi rasmiy guruhiga qo’shiling!

Anjumanda ishtirok etish uchun zarur bo’lgan to’lov qancha?
Mahalliy delegatlar uchun ishtirok etish narxi 120 000 so’mni tashkil etadi.
Xalqaro delegatlar uchun ishtirok etish narxi 50.00 AQSh dollarini tashkil etadi.

To’lov tartibi qanday amalga oshiriladi?
3 kun muddat ichida delegatning elektron manzilingizga konferensiyaga qabul qilinganligi to’g’risida xabar yuboriladi. Ushbu xabarning quyi qismida, to’lovini amalga oshirish tartibi tushuntirilgan bo’ladi. To’lov faqatgina Konferensiya Moliyaviy masalalari bo’limi rahbarining kartasiga o’tkaziladi. To’lov amalga oshganligi tasdiqlagandan so’ng, delegat rasmiy guruhga qo’shiladi.

Ishtirokchilar qanday imkoniyatlarga ega bo’ladilar?

  • Uch kunlik sessiyada ishtirok etish huquqi ga ega bo’lish;
  • 3 kun davomida bo’ladigan sessiyalardagi “Coffee break va tushlik”;
  • Anjuman qatnashchilarga taqdim etiladigan maxsus sovg’alar: beydjik, daftar, ruchka, papka, maxsus sumka;
  • QR kodi bilan litsenziyalangan va patentlangan “Union X” sertifikati;
  • «Rocket» Ijtimoiy bazmi va «United Globe» madaniy kechasiga bag’ishlangan tadbirda bevosita ishtirok etish huquqiga ega bo’lish;
  • «Toshkent mo’jizalari» dasturi doirasida Toshkent bo’ylab sayohat qilish imkoniyati.

Qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin: @unionxuzb

Eslatma:“Xalqaro O’nlar Ittifoqi” konferensiyasi tashkilotchilari ishtirokchilarni turar joy bilan ta’minlanmaydi, biroq mahalliy va xalqaro vakillar uchun hamkor mehmonxonalar va hostellar (mehmon uylari) ro’yhatini taqdim etadi.

Anjumanning ijtimoiy tarmoqlarda mavjud sahifalarida turli ko’rinishdagi tanlovlar tashkil etiladi. Tanlovlarda qatnashgan holda ishtirok etish uchun zarur bo’lgan to’lovni amalga oshirmasdan, anjuman ishtirokchisiga aylanish imtiyozini qo’lga kiritishingiz mumkin. Konferensiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar:

Telegram: https://t.me/unionxuz
Instagram: https://www.instagram.com/unionxuz/
Facebook: https://www.facebook.com/unionxuz/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!