×

Germaniya: MBA bosqichi uchun 53 000 yevro grant; IELTS, TOEFL, GRE, GMAT talab qilinmaydi!


Grant

MUHLAT

20.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

4319 marta

Germaniya Steinbeis University Berlin va Berlin School of Creative Leadership 2019-yil sentabrdan boshlanadigan kurslar uchun The Helga & Michael Conrad Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant Oliy maktabning Berlin School Executive MBA Creative Leadership kursida oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Kursda o`qish sirtqi shaklda olib boriladi. Grantga nomzod jurnalistika, reklama, OAV, dizayn, arxitektura, kommunikasiya, marketing kabi ijodiy sohalarning rahbari yoki lideri bo`lishi kerak.

Berlin School Executive MBA Creative Leadership dasturi FIBAA akkreditasiyasidan o`tgan kurs hisoblanadi. Kursni tamomlaganlarga Steinbeis University Berlinning MBA diplomi beriladi.

Grant kimlar uchun?

MBA kursida o`qishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Berlin School of Creative Leadership Executive MBA Creative Leadership kursida o`qish uchun yiliga taxminan 53 000 yevro kontrakt to`lanadi.

Grant yutib olgan nomzodning kontrakt puli to`liq qoplab beriladi.

Dastur grant yutib olgan nomzodning yashash va tibbiy xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod Oliy maktabning Berlin School Executive MBA Creative Leadership kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod jurnalistika, reklama, OAV, dizayn, arxitektura, kommunikasiya, marketing kabi ijodiy sohalarning rahbari yoki lideri bo`lishi kerak.
  • Nomzod kamida uch-besh yillik ish tajribasiga ega bo`lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Ammo kursda o`qish uchun hech qanday til sertifikati talab qilinmaydi. Telefonda qabul komissiyasi bilan bo`ladigan suhbatda nomzod savollarga erkin javob bera olsa kifoya.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Oliy maktabning Executive MBA Creative Leadership kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oʻzi tanlagan kursga onlayn tarzda ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish shart emas. O`qishga kirishga application formni to`ldirish va unga quyidagi ikkita esseni ilova qilib 2019-yil 20-maygacha admissions@berlin-school.com manziliga jo`natish kerak:

  1. «What do you see as the main ethical challenges facing creative leaders in your industry today and how do these unleash dilemmas between ethical versus unethical practices?” mavzusida 500 ta so`zgacha esse.
  2. Berlin School yuqoridagi muammoni hal etishda qanday yordam berishi mumkinligi haqida 500 ta so`zgacha hajmda esse.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Ariza shakli yuklab olinib, to`ldiriladi va ko`rsatilgan manzilga yuboriladi.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi (agar so`ralsa).

Hujjat topshirish bilan bog`liq muammo tugilsa yoki qoshimcha savollar bo`lsa admissions@berlin-school.com manziliga yoki g.tejo@berlin-school.com pochtasiga murojaat qiling.

Nomzodlar grantga liderlik qobiliyati, ish tajribasi, kreativligi, yozgan essesi kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun:

GERARDO TEJO

Berlin School of Creative Leadership

Head of Admissions Executive MBA

Telefon:  +49 (0)30 88 49 80 80

Faks: +49 (0)30 88 49 80 99

Elektron pochta: admissions@berlin-school.com; g.tejo@berlin-school.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!