Avstraliyada joylashgan Deakin University hamda Buyuk Britaniyaning Coventry University hamkorlikda School of Engineering maktabining PhD bosqichi talabalariga HDR Scholarship grant dasturini taklif etmoqda. Grantlar Dr James Brusey (Coventry University) va Prof Aman Maung Than Oo (Deakin University) boshchiligida ‘Smart Grid meets the Internet of Things’ mavzusida tadqiqot olib borish uchun ajratiladi. Dasturdan maqsad iqtidorli mahalliy va chet ellik tadqiqotchilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. PhD kursining davomiyligi 3.5-4 yilni tashkil etadi. Tadqiqotlar Avstraliyadagi Deakin University’ning Geelong Waurn Ponds Campus hududi, Faculty of Science, Engineering and Built Environment fakultetida va Buyuk Britaniyaning Coventry University’dagi Research Centre for Fluid and Complex Systems tadqiqot markazida olib boriladi.
Tadqiqot mavzusi va grant dasturi haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichi uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant doirasida dastur g’oliblariga 3,5 yil va undan ko’p muddatga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- O’qish xarajatlari to’liq qoplanadi.
- Yiliga 15 000 funt sterling (taxminan 19 500 AQSh dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi.
Oliygohda ta’lim olish uchun sarflanadigan xarajatlar haqida bu yerda batafsil bilib oling.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
- Nomzod Deakin University’ning Faculty of Science, Engineering and Built Environment fakultetiga va Coventry University’ning Research Centre for Fluid and Complex Systems maktabiga PhD tadqiqotchisi sifatida o’qishga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
- Nomzod kunduzgi tartibda tahsil olishi kerak.
- Nomzod magistratura bosqichida tadqiqot mavzusida yaqin sohada o’qigan bo’lishi kerak.
- Nomzod magistratura bosqichini a’lo baholar (70% va undan yuqori) bilan tamomlagan bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur (IELTS 7.0 va undan baland, har bir bo’limdan 6.5 ball).
- Nomzod sog’lom bo’lishi, Deakin University (Avstraliya) va Coventry University (Buyuk Britaniya) oliygohlarining har ikkalasida tadqiqot olib bora olishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturida qatnashish uchun nomzod Deakin University va Coventry University oliygohlarining ikkisiga ham ariza topshirishi talab etiladi.
Deakin University’ga hujjat topshirish uchun How to apply sahifasidan foydalaniladi. Bu sahifada nomzodlar uchun mahsus Expression of Interest Form berilgan bo’lib, nomzod uni to’ldirishi va sebe-phd@deakin.edu.au manziliga email orqali yuborishi zarur. Dasturga arizalar 2019-yil 10- iyungacha qabul qilinadi. Ammo nomzodlarga dasturga imkon qadar ertaroq ariza berish tavsiya etiladi. Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlardan suhbatda qatnashish so’ralishi mumkin.
Universitetning PhD kursiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo o’ziga ilmiy rahbar (supervisor) tanlashi va u bilan bog’lanishi kerak. Shundan so’ng onlayn ariza to’ldirilib, barcha kerakli hujjatlar bilan birga taqdim etiladi. Oliygohga hujjatlar 2019 yilning 16-yanvaridan 13-noyabrigacha bir necha marta qabul qilinadi. Ammo, grant dasturida qatnashish istagidagi nomzodlar hujjatlarini 2019-yil 10-iyungacha topshirishlari zarur. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Talab etiladigan hujjatlar:
- Onlayn ariza. Arizada quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
- Shaxsiy ma’lumotlar.
- Bakalavr, magistratura bosqichlarida yozilgan ilmiy ishlar/tezislar haqida ma’lumot.
- Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak)
- Tadqiqot tajribalari haqida ma’lumot.
- Tadqiqot rejasi (tahminan 300 so’zdan iborat, PhD bosqichi uchun)
- Magistrlik diplomi.
- Diplom ilovasi/baholar.
- Til sertifikati. IELTS 7.0 har bir bo’limdan kamida 6.5 ball.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
- 2 ta avsiyanoma.
- CV/Rezyume.
Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi, ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Coventry University’ga hujjatlar topshirish online portal orqali amalga oshiriladi. Oliygohg hujjat topshirishda yuzaga keladigan savollar bilan research-apps.pg@coventry.ac.uk manziliga email orqali murojjat qilishingiz mumkin.
Talab etiladigan hujjatlar:
- Onlayn ariza.
- Passport nusxasi.
- Barcha diplom nusxalari.
- Baholar/diplom ilovalari.
- O’qish joyidan 1 ta tavsiyanoma.
- Ish joyidan 1 ta tavsiyanoma (agar nomzod ishlasa).
- Tadqiqot rejasi.
- Ingliz tilini o’zlashtirganlik haqidagi sertifikat.
- Shaxsiy bayonot (Personal Statement)
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.
Bogʻlanish uchun:
Dr James Brusey (Coventry University)
Professor of Computer Science
Email: aa3172@coventry.ac.uk
Prof Aman Maung Than Oo (Deakin University)
Email: aman.m@deakin.edu.au
Tel: +61 3 524 79216