×

Germaniya: Biomeditsina bo`yicha PhD bosqichi uchun 3 yilgacha grant; 1550 yevro stipendiya; joy – 15 ta!


Grant

MUHLAT

01.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1823 marta

Germaniyaning The Boehringer Ingelheim Fonds (BIF) Jamg`rmasi PhD Fellowships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur uch yilgacha muddatga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar Yevropaning eng zamonaviy biolaboratoriyalarida biomedisina bo`yicha tadqiqotlar olib borish imkoniyatini qo`lga kiritadilar. Ishtirokchilarga oylik stipendiya ajratiladi. Grant yutib olgan nomzodlar salohiyatli, biomedisina sohasida guruh bo`lib ilmiy ish olib borishga tayyor bo`lishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Biomedisina bo`yicha doktorantlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. 24 oygacha har oyda 1550 yevro stipendiya beriladi. Ayrim hollarda uzrli sabablarga ko`ra stipendiya berilish muddati yana 12 oygacha uzaytirilishi mumkin.
  2. O`quv qurollari va kitoblar kabi mayda xarajatlar uchun har oyda 150 yevro ajratiladi.
  3. Nomzod Yevropaning qaysi davlatida tadqiqot olib borishiga qarab, yashash uchun kerakli to`lov miqdori 1700 yevrogacha oshirilishi mumkin. Masalan, yashash uchun ketadigan xarajatlar hajmi ayrim davlatlarda ko`proq, ayrimlarida esa kamroq. Bu haqida batafsil: SHU YERDA
  4. Agar nomzod o`qish paytida tadqiqot olib borayotgan davlatda turmush o`rtog`i bilan yashasa, oylik stipendiyasiga 200 yevro qo`shib beriladi.
  5. Nomzod o`qish paytida tadqiqot olib borayotgan davlatda farzandlari bilan yashayotgan bo`lsa, har bir bola uchun 200 yevrodan qo`shiladi.
  6. Nomzod bola parvarishi uchun 500 yevro moddiy yordam olishi mumkin.
  7. Nomzodga dastur doirasida konferensiya, seminar, yozgi maktab kabilarda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod taqdim etayotgan doktorlik dissertasiyasi eksperimental bo`lishi va biomedisina bo`yicha fundamental tadqiqot boʻlishi kerak. Mavzu inson hayotining asosiy biologik ko`rinishlarini tadqiq qilish va yangi bilimlarni o`zlashtirish haqida bo`lishi lozim.
  • Nomzod tegishli mutaxassislik bo`yicha bakalavr/magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Biotexnologiya, farmasevtik ishlanmalar kabi amaliy tadqiqotlar olib borayotgan nomzodlar ariza bera olmaydi.
  • Kasallikning kechishi va simptomlarni davolash bo`yicha ilmiy ish qilayotganlar ariza topshira olmaydi.
  • Umumiy biologik ahamiyatga ega bo`lgan biologiya va prokartiotik tadqiqotlar ustida ishlayotganlar hujjat topshira olmaydi.
  • O`qish vaqti. Grant auditoriya mashg`ulotlari kabi qismlar uchun berilmaydi, faqatgina tajriba amaliyotlarini o`tkazish vaqtida beriladi.
  • Nomzod ingliz tilini va nemis, fransuz tili kabi o`zi tadqiqot o`tkazish uchun tanlagan davlati tilini yaxshi bilishi hamda a’lochi bo`lishi zarur.

Talablar va ta’qiqlar haqidagi barcha ma’lumot: SHU YERDA.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish ikki bosqichda o`tkaziladi:

  1. Onlayn tarzda ariza to`ldiriladi.
  2. Arizaning qog`oz variant va CD diskini ikki nusxada: Boehringer Ingelheim Fonds, Schusterstr. 46-48, 55116 Mainz, Germany manziliga pochta orqali yetkaziladi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida yozilishi va hujjatlar tarkibida ko`rsatilgan ro`yxatdagi 1 dan 9 gacha tartib raqam bo`yicha ketma-ket taxlanib jo`natiladi. Hujjatlarni steplerda tikish yoki muqovalash mumkin emas. CD diskka esa ro`yxatdagi 1 dan 7 gacha bo`lgan hujjatlarni bitta PDF formatidagi faylga joylab, keyin jo`natish kerak.

Hujjatlar bir yilda uch marta: fevral, iyun, oktabr oylarida qabul qilinadi. Ayni vaqtda dedlayn 2019-yil 1-iyungacha.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

1 dan 5 gacha hamma hujjatlar ikki taraflama chop ettirilishi kerak:

  1. PhD loyihasining nomi va qisqacha mazmuni (probel bilan birga 1400 ta belgigacha bo`lishi kerak).
  2. PhD loyihasining to`liq taqdimoti. Bu hujjatda ishning titulidan adabiyotlar ro`yxatigacha barcha qismlari bo`lishi kerak. Qanday qilib yozish haqida ma’lumot: SHU YERDA.
  3. Aniq bitta guruhda ishlashni istaganlar bo`lsa, buning sababi.
  4. PhD dan avvalgi tadqiqot ishi (masalan, bakalavr yoki magistrlik ishi)ning qisqacha mazmuni.
  5. Nashr ettirilgan ilmiy ishlar ro`yxati.
  6. Barcha attestat, diplom va sertifikatlar nusxalari. Hamma hujjatlarning fotonusxasi xronologik tartibda yillar bo`yicha eng eskilari tagiga, eng yangilari ustki qismiga qo`yib taxlanadi.
  7. Barcha topshirilgan imtihonlar sertifikat/diplomlar nusxalari ham xuddi shu tartibda joylashtiriladi (Masalan, SAT/ACT, Abitur va h.k.).
  8. Dissertatsiyaga ilmiy rahbardan tavsiyanoma.
  9. PhD loyihasi uchun guruh o`zgarganda diplom ishiga ilmiy rahbardan tavsiyanoma olish kerak. Tavsiyanomalar ingliz tilida rasmiy blankda yozilgan va imzo chekilgan holda yopiq konvertda ariza bilan birga jo`natiladi. Faqatgina kuzatuv organlarigina tavsiyanomalarni istisno tariqasida nomzodning ism-sharifini ko`rsatgan holda secretariat@bifonds.de elektron manziliga jo`natishlari mumkin. Bunda fayl PDF formatida bo`lishi talab qilinadi.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • A’lo baholari va yutuqlari.
  • Diplom/dissertatsiya ishining sifati.
  • Laboratoriya standartlari.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Saralash ikki bosqichda o`tkaziladi:

  • Dedlayndan 4 hafta o`tib dastlabki saralash otkaziladi.
  • Dedlayndan 5 oy o`tib yakuniy saralash o`tkaziladi va natijalar e’lon qilinadi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga tez fursatda xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun:

Boehringer Ingelheim Fonds
Foundation for Basic Research in Medicine
Schusterstr. 46-48
55116 Mainz
Germany

Telefon: +49 (0)6131 2750 80
Faks: +49 (0)6131 2750 811

Elektron pochta: secretariat@bifonds.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!