×

Buyuk Britaniya: Tibbiyot bakalavr bosqichi uchun 5000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2489 marta

Angliyada joylashgan University of Exeter bakalavriat kurslari uchun mo’ljallangan Undergraduate Global Excellence Scholarship – Medical School dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar universitetdagi  Medical Sciences, MSci Nursing bakalavriat kurslariga qabul qilingan eng a’lochi talabalarga beriladi. Grant o’qishga qabul uchun qaror chiqqach avtomatik tarzda belgilanadi. Grant dasturi yuqori potensialga ega iqtidorli va a’lochi talabalarni rag’batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grant bir marta berilishi mo`ljallangan. Grant quyidagi yo`nalishlarda o`qish uchun beriladi:

  • BSc Medical Sciences in Human Genomics
  • BSc Medical Sciences in Environment and Human Health
  • BSc Sport and Exercise Medical Sciences
  • BSc Neuroscience
  • MSci Nursing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet bakalavriat bosqichi kontrakt miqdorlari kurslarga qarab farq qiladi. aniq ma’lumotni tanlangan kus sahifasidan topasiz.

Undergraduate Global Excellence Scholarship – Medical School grantini yutib olgan talabaga o’qishning birinchi yili uchun kontraktdan 5000 funt sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sug`urta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning o`zi to`lashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod Exeter univeristeti Medical Sciences bo`yicha yuqorida ko`rsatilgan bakalavriat kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur.
  3. Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak. Grant uchun Medical Sciencesga baholar GCE AAA; MSci Nursingga AAB yoki shunga ekvivalent bo`lishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  5. Attestat/kollej/litsey diplomiga ega bo’lishi lozim.
  6. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to’liq javob berishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas, o`qishga kirish uchun UCAS sayti orqali online ariza berish yetarli. Exeter universitetining ko’rsatilgan tibbiyot yo’nalishidagi kurslariga hujjat topshirgan barcha nomzodlar avtomatik tarzda grant uchun nomzod hisoblanadi. Grantlar 2019-yilning 30-iyunga qadar belgilanadi. Grant yutib olish uchun ertaroq ariza bering.

Exeter universiteti bakalavriat kurslariga hujjat topshirish:

  1. Rasmiy qidiruv sahifasiga kirib, sizni qiziqtirgan bakalavriat kursi haqidagi ma’lumotlar va qabul jarayoni bilan tanishib chiqing.
  2. Hujjat topshirish uchun talablar haqidagi to’liq ma’lumot esa shu yerda
  3. Ingliz tili talablari sahifasida chet ellik talabalar uchun ingliz tili talablari ko`rsatilgan.
  4. Undan so`ng UCAS rasmiy sayti orqali ariza bering. Arizaga kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`nating.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Attestat/Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Medical Sciencesga baholar GCE AAA; MSci Nursingga AAB yoki shunga ekvivalent bo`lishi lozim.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab bo`yicha IELTS kamida 6,5 bo`lishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qo`shimcha sertifikatlar so`ralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik bo`yicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: admissions-scholarships@exeter.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!