×

Angliya: University of Cambridge – magistratura va PhD bosqichlari uchun 12 000 funt sterlinggacha grant


Grant

MUHLAT

31.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2679 marta

Angliyaning University of Cambridge oliygohi  Faculty of Philosophy fakulteti School of Arts and Humanities maktabining magistratura (MPhil) va PhD bosqichiga qabul qilingan/qilinadigan tadqiqotchilarga Darwin College Philosophy Studentship(s) grant dasturini taklif etmoqda. Grantlar 2019-2020-o`quv yilida shu maktabga o’qishga hujjat topshirgan yoki boshqa fakultetga hujjat topshirib, bu yerga o’qishini ko’chirish niyyatidagi tadqiqotchilar uchun mo`ljallangan. Ushbu stipendiya bir yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan tadqiqotchiga bir yilga 4 000 dan 12 000 funt sterlinggacha (tahminan 5 200 dan 15 600 AQSh dollarigacha) bo’lgan stipendiya ajratiladi.

Grant dasturi nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun yashash va tibbiy sugurta, shuningdek, kontraktning qolgan qismini nomzodning o`zi to`lashi kerak.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod grantga ariza berishdan avval University of Cambridge oliygohi Faculty of Philosophy School of Arts and Humanities maktabining magistratura (MPhil) yoki PhD bosqichiga hujjat topshirgan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Dasturga kunduzgi yoki sirtqi tartibda o’qiydigan nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin.
  6. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Dasturga qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Universitetning Faculty of Philosophy fakulteti School of Arts and Humanities maktabining magistratura (MPhil) yoki PhD bosqichiga hujjat topshirgan ariza beruvchilarning barchasi garnt uchun nomzod deb hisoblanadilar. Oliygohga arizalar Applicant Portal orqali topshiriladi. Hujjatlar 2019-yil 31-iyulga qadar qabul qilinadi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Ingliz tili sertifikati. Dasturga qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.
  5. Reserch proposal.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: bu yerda.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

 Natijalar 2019-yil 15-avgustda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Telefon: +44 (0)1223 335675

Elektron pochta: deanery@darwin.cam.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!