×

Angliya: Fotonika bo`yicha PhD uchun to`liq grant; yillik 14 777 funt-sterling stipendiya; treninglarda o`qishga 1 650 funt-sterling!


Grant

MUHLAT

31.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1256 marta

Angliyaning Sussex University PhD bosqichi uchun Ultrafast Photonics within the European Research Council (ERC) project TIMING (2019) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi School of Mathematical and Physical Science (MPS)da PhD bosqichini o`qishni istagan nomzodlar uchun moʻljallangan. Grant uch yarim yilga beriladi. Grant yutib olgan nomzod MPSning The Emergent Photonics Lab fizika laboratoriyasida Ultrafast Photonics bo`yicha PhD ilmiy tadqiqotini olib boradi. Grantga ariza berish uchun nomzod PhD in Physics kursiga o`qishga kirishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Fizika bo`yicha PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  1. 3,5 yilga kontrakt pulini to`liq qoplab beriladi.
  2. 3,5 yil muddatga asosiy yashash xarajatlari uchun yillik 14 777  funt-sterling stipendiya ajratiladi. Bu pul valyuta kursi va qo`shimcha xarajatlardan kelib chiqib, kelgusi yilga ko`paytirilishi mumkin. Stipendiyadan soliq olinmaydi.
  3. 3,5 yilga qo`shimcha kurslar va trening mashg`ulotlarida ishtirok etish uchun 1 650 funt-sterling pul beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod universitet tarkibidagi School of Mathematical and Physical Science (MPS)ning PhD kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Odatda baholar 2:1/2:2 bo`lishi talab qilinadi.
  • Nomzod Sasseks universiteti va MPS talablariga mos bo`lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun til bilish darajasi kamida IELTS 6,0 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod tanlangan kursga mos bakalavr/magistr diplomiga ega bo`lishi kerak.
  • Nomzod fizika sohasiga qiziqishi, mustaqil ishlash ko`nikmalariga ega bo`lishi, shuningdek, texnologiyalarni yaxshi tushunishi va mohirlik bilan boshqara olishi lozim.
  • Nomzodga kichik guruh faoliyatini boshqarish va guruhga rahbarlik qilish vazifasi yuklatilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitet tarkibidagi School of Mathematical and Physical Science (MPS)ning PhD in Physics  kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod dastlab shu kursga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Dedlayn joriy yilning 31-avgustigacha.

O`ishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • PhD kurslari sahifasidan kerakli kursni toping. Kurs sahifasida batafsil maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqing.
  • PhD degree va shu yerda kirish talablari berilgan.
  • Research topic yozing.
  • Norasmiy murojaatlar rag`batlantiriladi. Grant bo`yicha tadqiqot mavzusi haqida maslahatlashish uchun: Professor Marco Peccianti bilan: shu yerda, Dr Alessia Pasquazi bilan: shu yerdagi kontaktlar vositasida bog`lanish mumkin.
  • Shu yer orqali o`qishga ariza bering.
  • Arizaning “Financial Information section” bo`limiga “Ultrafast Photonics within the European Research Council (ERC) project TIMING (2019)”ga talabgor ekaningiz ko`rsatiladi.
  • Supervisor bo`limiga Prof Marco Peccianti deb yoziladi.
  • Kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`nating.
  • Qo`shimcha ma’lumot bilan ilmiy tadqiqot maktabining: rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.
  • Grant haqida qo`shimcha ma’lumotlar: Shu yerda.
  • Savollar yuzasidan mpsreasearchsupport@sussex.ac.uk ga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Personal statement. Arizada mavzu yuzasidan qiziqishlaringiz, qanday malaka va ko`nikmalaringiz borligi (IT, elektron imkoniyatlar kabi), tadqiqotga munosibligingiz va mavzuga oid qaysi adabiyotlarni o`qiganligingizni yozish kerak.
  • Research proposal.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1/2:2 bo`lishi lozim.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.0 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga  fizika va fotonika sohasiga oid bilimlari, aʼlo baholari, rahbarlik qobilyati, ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari va research proposal kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun:  mpsreasearchsupport@sussex.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!