Qayerda: Toshkent, O‘zbekiston
Kim uchun: 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar
Ariza topshirish muddati: 2019 yilning 10 mayigacha
Asosiy ma’lumot: 2019 yilning 4 aprel kunidan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda The Global Education and Leadership Foundation jamg‘armasi (tGELF, Ta’lim va yetakchilikni rivojlantirish sohasidagi xalqaro jamg‘arma, Hindiston) Global Entrepreneurship Network (GEN, Global tadbirkorlik tarmog‘i) bilan hamkorlikda“Tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionati” (Entrepreneurship World Cup)ning milliy saralash bosqichida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish boshlanganini e’lon qiladi.
Tanlov Saudiya Arabistoni Qirolligi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Al Saud tashabbusi bilan MiSK jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan. Tanlovning milliy saralash bosqichining finali xalqaro darajadagi ekspertlar ishtirokida 2019 yilning 30–31 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Manfaatli jihatlari:
Tanlov g‘oliblari 2019 yil 12 noyabrda Saudiya Arabistonining Er-Riyad shahrida bo‘ladigan Tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionatining xalqaro super-finalida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. . Mazkur chempionat – global miqyosdagi yirik hodisa bo‘lib, dunyodagi 100 dan ortiq davlatlardan 100 ming nafardan ziyod tadbirkorlar ishtirok etadilar! Chempionat g‘oliblari umumiy miqdori 10 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
Ishtirokchilar o‘z tadbirkorlik loyihalari bilan qatnashishlari mumkin. Loyihalar 3 bosqichda: g‘oyaviy, boshlang‘ich va rivojlanayotgan bosqichda qabul qilinadi.
Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar:
Arizalar ingliz tilida 2019 yilning 10 mayiga qadar qabul qilinadi. Batafsil ma’lumotlarni olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun platforma: shu yerda.
Forumda ishtirok etuvchi tashkilotlar:
MiSK jamg‘armasi Batafsil ma’lumotlarni olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun platforma: shu yerda.
tGELF jamg‘armasi Batafsil ma’lumotlar tashkilot rasmiy saytida berilgan.
GEN Global tadbirkorlik tarmog‘I – dunyoning 170 mamlakatida tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar va dasturlar platformasi.
Batafsil ma’lumotlar bilan tarmoq rasmiy sahifasida tanishing.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Kamila Gaynulina
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
Telefon: +998 971400453
E-mail: forum@mininnovation.uz.