×

University of Exeter: Magistratura kurslari uchun to’liq grant va 17 644 AQSh dollari sipendiya


Grant

MUHLAT

07.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2060 marta

Buyuk Britaniyaning University of Exeter universiteti The Institute of Arab & Islamic Studies maktabi o ̒zining Al-Qasimi Masters Excellence Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dasturi oliygohning 2019-yil sentabrda boshlanadigan MA Middle East Studies va MRes Middle East Studies yo`nalishlari bo`yicha magistratura kursiga hujjat topshirgan talabalar uchun mo`ljallangan. Grantlar a’lochi, yuqori potensialli, innovatsion tadqiqot rejasiga ega nomzodlarga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida 2 nafar talabaga grant ajratishi rejalashtirilgan. Oliygohdagi magistratura kursi bir yillik bo`lib, grant dasturi ham bir yilga mo`ljallangan.

Grantni yutib olgan talabalarning kontrakt to`lovi to`liq qoplanadi va yillik 13 590 funt sterling (tahminan 17 644 AQSh dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi.

University of Exeter oliygohida tahsil olish va yashash xarajatlari bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Dastur xalqaro talabalar uchun mo`ljallangan.
  2. Ariza topshirish muddati tugaguniga qadar nomzod University of Exeter’ning 2019-yil sentabrda boshlanadigan MA Middle East Studies yoki MRes Middle East Studies yo`nalishlari bo`yicha magistratura kursiga hujjat topshirgan bo`lishi kerak.
  3. Nomzod Social Sciences yoki Humanities yo`nalishida bakalavr darajasiga ega bo`lishi yoki bakalavr kursida o`qishni tamomlayotgan bo`lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

MA Middle East Studies kursi uchun nomzodlarga qo`yilgan talablar bu yerda, MRes Middle East Studies kursi uchun nomzodlarga qo`yilgan talablar bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod 2019-yil 7-iyunga qadar onlayn arizani to`ldirib, talab qilingan hujjatlar bilan birga grant hay’atiga topshirishi zarur.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Shaxsiy bayonot (bayonot 750 so’zdan iborat bo`lishi, unda nima uchun nomzod o`zini mazkur grantni olishga loyiq deb hisoblashi yoritilgan bo`lishi kerak).
  3. Ilmiy ish namunasi (3 000 so`zdan iborat).
  4. Tavsiyanoma (unda nomzodning akademik yutuqlari ko`rsatilishi kerak).
  5. CV.
  6. Avvalgi olingan ilmiy darajalar va baholar haqida ma’lumot.

Universitetga hujjatlar onlayn portal orqali topshiriladi. Oliygohga arizalar 2019-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi. Ammo grant dasturida qatnashish istagidagi nomzodlarga 2019-yil 7-iyundan kechiktirmasdan ariza topshirishlari zarur.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro`yxati:

  1. Onlayn ariza.
  2. IELTS 5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball.
  3. Shaxsiy bayonnoma.
  4. Bakalavr diplomi.
  5. Baholar/diplom ilovasi.
  6. Passport nusxasi.

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida bo`lishi, ingliz tilida bo`lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to`liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan va savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +44 (0)1392 723192

Fax: +44 (0) 1392 723044

Email: ssis-admissions@exeter.ac.uk yoki info.amory@exeter.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!