Shotlandiyaning Sterling shahrida joylashgan University of Stirling 2019-yilning sentyabr oyidan boshlanadigan kurslar uchun Bursaries for MSc Courses in Psychology dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning The Faculty of Natural Sciences (Psychology) magistratura kursida tahsil olishni istagan nomzodlar uchun moʻljallangan. Grant besh nafar talabaga beriladi.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
University of Stirlingning MSc Psychology mutaxassisligi boʻyicha oʻqish toʻlovi 2019-2020-oʻquv yili uchun 15 950 funt-sterlingni tashkil etadi.
Grant yutib olgan nomzodlarga kontrakt toʻlovini qisman qoplash uchun 1000 funt-sterling pul beriladi:
Grant nomzodning yashash, tibbiy sugʻurta kabi boshqa sarflarini toʻlamaydi. Kontraktning qolgan qismi va boshqa toʻlovlarni talabaning oʻzi qoplaydi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod tegishli soha boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Grantga ariza berishdan avval University of Stirlingning MSc Psychology kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
- Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Psixologiya kurslari uchun IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning yuqorida qayd etilgan magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. O‘qishga qabul haqida hujjat olinganidan keyin grantga alohida ariza topshirish zarur. Oʻqishga kirishga dedlayn muddati farq qilishi mumkin. muddatni kerakli kurs sahifasidan aniqlang. Grantga hujjatlar 2020-yil 21-iyunga qadar qabul qilinadi.
Oʻqishga hujjat topshirish tartibi: shu yerda berilgan.
Grantga hujjat topshirish uchun:
- MSc Research Bursary application formni toʻldiring.
- Arizani Linda Cullenga:
- University of Stirlingning MSc dasturlarida oʻqishga nima uchun qiziqishingiz;
- Faculty of Natural Sciences research profilega mos keladigan research topic;
- stipendiya sizning MSc kursida oʻqishingizga qanday ijobiy ta’sir qiladi, shunga oid ma’lumotlar bilan cullen@stir.ac.uk pochtasiga joʻnating.
- Agar boshqa grantlarga ariza bergan boʻlsangiz, bu haqidagi ma’lumotni ham yuborish lozim.
Hujjatlarning taxminiy tarkibi:
- Personal statement.
- Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1/2:2 bo‘lishi lozim.
- CV/resume.
- Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5 yoki ekvivalent) sertifikati.
- Pasport nusxasi.
- Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
- Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Hujjat topshirish haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.
Nomzodlar grantga sohaga oid bilimlari, aʼlo baholari, ish tajribasi, darsdan tashqari tadbirlarda qatnashganligi, kelajakdagi rejalari kabilar asosida saralanadilar.
Natijalar iyul oyi oxirida eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun:
University of Stirling
Stirling
FK9 4LA
Scotland UK
Telefon: +44 (0) 1786 473171
Elektron pochta: linda.cullen@stir.ac.uk