Center for Constitutional Studies and Democratic Development (CCSDD) markazi Institute of Social Sciences Belgrade tadqiqot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan European Union and Legal Reform (EULR) yozgi maktabiga barcha bosqich talabalarini taklif etadi. Bir haftalik ushbu dasturdan asosiy maqsad huquqiy islohotlarni yanada rivojlantirishga oid yangidan-yangi g’oyalarni fikr almashish orqali ishlab chiqish.
EULR yozgi maktabi dasturiy rejasi:
- Ma’ruzlar.
- Muhokamaga boy davra suhbatlari.
- Adriatik dengiziga sayohat.
- Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan, eng yaxshi Insholarni chop etish.
Grant kimlar uchun?
Barcha bosqich talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
EULR yozgi maktabiga qabulqilingan nomzodlar quyidagicha taqdirlanadilar:
Full Scholarship: EULR yozgi maktab uchun to’lov xarajatlaridan to’liq ozod etiladi. Dastur uchun Full scholarship cheklanganligi bois, nomzodlar tomonidan yuborilgan arizalar asosida eng munosiblarigagina taqdim etiladi.
Partial Scholarship: EULR yozgi maktab uchun to’lov xarajatlaridan qisman ozod etiladi. Dastur uchun Partial scholarship cheklanganligi bois, nomzodlar tomonidan yuborilgan arizalar asosida eng munosiblarigagina taqdim etiladi.
Eslatma: EULR yozgi maktabi to’lov narxi 850 yevro.
Talablar:
EULR yozgi maktabida ishtirok etmoqchi bo’lgan nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:
- Nomzodlar EU & Legal Reform mavzusiga qiziqishlari lozim.
- Nomzod o’z davlatiga oid Huquqiy islohotlar haqida keng tushunchaga ega bo’lishi lozim.
- Nomzod Oliy yoki o’rta ta’lim bosqichlarini ta’momlagan bo’lishi lozim.
- EULR yozgi maktabi Ingliz tilida olib borilishi sababli nomzodlar Ingliz tilida ravon so’zlasha olishlari lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
EULR yozgi maktabida ishtirok etish uchun 31-maygacha onlayn ariza to’ldirish lozim, bu haqda batafsil bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Ariza to’ldirish jarayonida nomzodlar quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari lozim bo’ladi.
- Tahsil olgan yoki tahsil olayotgan ta’lim muassasalari haqida ma’lumot kiritishlari lozim.
- Faoliyat yurutyotgan ish joylari haqida ma’lumot kiritishlari lozim.
- Birinchi Insho mavzusi: What benefits do you hope to gain from attending the EU & Legal Reform Summer School?
- Ikkinchi Insho mavzusi: What do you think is the most important legal reform needed in your country?
Eslatma: EULR yozgi maktabi uchun grantlar, taqdim etilgan Insholar asosida belgilanadi va saralangan insholar nashryotda chop etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun info@ccsdd.org elektron manziliga yoki Savol-javoblar bo’limiga murojat qilishingiz mumkin.