×

Uels: Menejment boʻyicha magistraturada oʻqishga qisman grant


Grant

MUHLAT

02.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1215 marta

Buyuk Britaniyaning Uels davlati, Suonsi shahrida joylashgan Suonsi universiteti – Swansea University 2019-2020-oʻquv yili uchun School of Management: Developing Futures Scholarships 2019 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant oʻqish pulini qisman qoplashga moʻljallangan. Grant universitet tarkibidagi School of Managementning magistratura (taught masterʻs) bosqichining quyidagi kurslaridan biriga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Swansea Universityning magistratura yoʻnalishlarida oʻqish haqi har bir kursning sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodlarga kontrakt pulining 3 000 funt-sterling qismi qoplab beriladi.

Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod School of Managementning 2019-yil sentyabrdan boshlanadigan yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Grantga hujjat topshirish uchun kamida 2:1 daraja kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Nomzod kuchli bilimga ega va moliyavoy koʻmakka muhtoh boʻlishi lozim.
  • Nomzod Recruitment and Marketing teams tomonidan tashkil etiladigan Open Days kabi tadbirlarni oʻtkazishda yordamlashishi va Student Information Officeda ishlashi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar School of Managementning 2019-yil sentyabrdan boshlanadigan yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan magistratura kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Keyin esa alohida grantga ariza toʻldiriladi. Dedlayn: 2019-yil 2-avgust.

Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish:

  • Avvalo yuqoridagi roʻyxatdan kerakli kursini tanlang. Yoki, universitet sahifasiga kirib, alifbo tartibi boʻyicha berilgan kurslar roʻyxatidan kerakli kurs tanlanadi.
  • Kurs sahifasining “Overview” boʻlimida kurs haqida maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqing.
  • “Entry requirements” boʻlimida oʻqishga kirish talablari umumiy koʻrsatilgan.
  • “How do i apply?” boʻlimida qanday qilib ariza topshirish haqida maʼlumot berilgan. Aynan shu boʻlimda chet elliklar uchun kirish talablari haqida ham bilib olish mumkin. Postgraduate Entry Requirements boʻlimida barcha davlatlar uchun qabul qilinadigan diplom va baholar haqida maʼlumot berilgan. Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun bakalavr diplomi va baholar kamida 71-76% boʻlishi kerakligi yozilgan.
  • Boʻlimdan “Making an application” yozuvini tanlang va Postgraduate programmesyozuvini bosing. U yerda aynan qaysi amallarni bajarish va qanday hujjatlar joʻnatish bosqichma-bosqich berilgan.
  • Roʻyxatdan oʻtish onlayn tarzda OnTrack tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin. Tizimga kirish uchun lawcabs.ac.uksahifasiga oʻting va berilgan tartibda ariza toʻldiring.
  • Talablar boʻyicha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Grantga ariza topshirish.

Grantga ariza shaklini toʻldirib, somscholarships@swansea.ac.uk elektron manziliga yuborish kerak. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni ariza bilan birga 2019-yilning 2-avgustga qadar joʻnatish lozim.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Toʻliq va toʻgʻri toʻldirilgan anketa.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/resume.
  • Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (IELTS kamida 6.0 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin. Chunki grant oʻqish pulini qisman qoplaydi. Kontraktning qolgan qismi va yashash, tibbiy sugʻurta, turar joy xarajatlarini talabaning oʻzi toʻlaydi. Shuning uchun talaba moliyaviy jihatdan shu sarflarni toʻlay oladigan boʻlishi kerak.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin. Viza olish boʻyicha muammolari bor boʻlgan talabalar hujjat topshirishda va oʻqishda toʻsiqlarga uchrashi mumkin. Shuning uchun odatda viza haqida qoʻshimcha hujjat soʻraladi.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga qoʻyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Aʼlo baholari.
  2. Moliyaviy yordamga muhtojligi.
  3. Oʻqishga intilishi va kelajakdagi rejalari.
  4. Universitetga kelgusida qanday yordam bera olishi haqidagi rejalari.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: somscholarships@swansea.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!