Qayerda:
Toshkent, O‘zbekiston
Kim uchun:
Bakalavr va magistraturani tamomlaganlar uchun
Asosiy ma’lumot: O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 3 oylik haq to‘lanadigan stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi.
Dasturda ishtirok etgan nomzodlar keyinchalik ishga joylashtirilishlari mumkin. Dastur quyidagi soha mutaxassislariga mo‘ljallangan:
- Loyihalarni boshqarish.
- PR va jamoatchilik bilan aloqalar.
- Biznes jarayonlarini qurish.
- Reglamentlarni ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish.
- IT va dasturlash.
Manfaatli jihatlari:
Dasturda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritgan nomzodlarga 3 oy davomida har oyga 3 million so‘mgacha haq to‘lanadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- O‘zbekistonlik nomzodlar ariza berishlari mumkin.
- Nomzod bakalavr/magistr darajasiga ega bo‘lishi lozim.
- Nomzod katta milliy loyihalarga ishtirok etishga qiziqishi kerak.
- Nomzod rus, o‘zbek va ingliz tili(bazaviy)ni yaxshi bilishi kerak.
Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar:
Dasturda qatnashish uchun ariza berish talab qilinadi. Ariza berish uchun platforma: shu yerda.
Dasturda ishtirok etish uchun suhbatdan o‘tish lozim. Suhbatdan o‘tish uchun Pavlicheva Anna bilan +998951458844 telefon raqami orqali bog‘laning.
Batafsil ma’lumotlar bilan shu yerda tanishing.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Pavlicheva Anna, telefon: +998951458844