×

“O‘zbekiston-Turkiya” startap va innovatsion loyihalar tanlovi; mukofot – 235 000 AQSh dollargacha!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

4749 marta

CHOP ETILGAN

22.05.2019

Qayerda: Toshkent O‘zbekiston

Kim uchun: Yuridik shaxslar uchun

Ariza berish muddati: 2019-yil 1-avgustgacha

Asosiy ma’lumot: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Turkiya Respublikasi Fan va texnologik tadqiqotlar kengashi (TUBITAK) hamkorlikdagi “O‘zbekiston-Turkiya” startap va innovatsion loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan yuridik shaxslar innovatsion faoliyat bilan shug‘ulanishi va Turkiya Respublikasidagi tadbirkorlik sub’yektlari bilan birgalikda “loyihani amalga oshirish bo‘yicha hamkor” sifatida startap va innovatsion loyihalarni amalga oshirishga kelishishlari kerak bo‘ladi. Ushbu tanlov innovatsion faoliyatning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Manfaatli jihatlari:

Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan har bir loyiha uchun yiliga ko‘pi bilan 500 000 000 so‘m (taxminan 59 115,00 USD), jami ko‘pi bilan ikki yilga 1 000 000 000 so‘m (taxminan 118 230,00 USD) miqdorida, o‘z navbatida Turkiya Respublikasi Fan va texnologik tadqiqotlar kengashi (TUBITAK) tomonidan hamkor loyiha uchun yiliga ko‘pi bilan 360 000 turk lirasi (taxminan 58 876,20 USD), jami ko‘pi bilan ikki yilga 720 000 turk lirasi (taxminan 117 752,40 USD) miqdorida mablag‘ ajratiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  1. O‘zbekistonlik nomzodlar ariza berishlari mumkin.
  2. Nomzod yuridik shaxs bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod Turkiya Respublikasidagi tadbirkorlik sub’yektlari bilan birgalikda “loyihani amalga oshirish bo‘yicha hamkor” sifatida startap va innovatsion loyihalarni amalga oshirishga kelishishi kerak.
  4. Bir taraflama berilgan startap va loyihalar ko‘rilmaydi.
  5. Ekspertiza natijalari bo‘yicha bir tomonlama yoki ikkala tomondan ham moliyalashtirish rad qilingan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.
  6. Taqdim etilayotgan loyihani amalga oshirish muddati 24 oydan oshmasligi lozim.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar:

Dasturda qatnashish uchun ariza berish talab qilinadi. Tanlovga hujjat topshirish talablari va loyiha shakli shu yerdan ko‘chirib olinadi.  Ariza shakli to‘liq ingliz tilida to‘ldirilishi lozim va belgilangan muddatdan kechiktirmay Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etilishi lozim.

Natijalar shu yilning dekabr oyida e’lon qilinadi.

Dastur bo‘yicha savollar tug‘ilganda +99871 203-32-32 telefon raqami orqali aniqlang.

Batafsil ma’lumotlar bilan shu yerda tanishing.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99871 203-32-32

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!