×

Avstraliya: Gumanitar salomatlik kurslarida oʻqish uchun to‘liq va qisman grant


Grant

MUHLAT

10.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1611 marta

Avstraliyada joylashgan Deakin University 2019-2020 o‘quv yili uchun Humanitarian Health Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetga gumanitar salomatlik boʻyicha o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilariga beriladi. Grantlar GlaxoSmithKline’ ning bir qismi sifatida ‘Investment in Academia’ tashabbusi bilan moliyalashtiriladi. Grant yutib olgn nomzod gumanitar salomatlik mavzusi boʻyicha oʻqishi kerak boʻladi. Grant oʻqish muddati tugaguncha ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga oʻqish tugaguncha kontrakt puli 50% (qisman) yoki 100% (toʻliq) qoplab beriladi.

Oʻqish xarajatlari haqida batafsil: bu yerdan bilib oling.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod Deakin Universityga gumanitar salomatlik boʻyicha doktoranturaga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod PhD kursida kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod rivojlanayotgan davlat vakili boʻlishi maqsadga muvofiq.
  5. Nomzod Deakin University talablarig mos kelishi lozim.
  6. Nomzod magistratura bosqichini a’lo baholar (70-80% va undan yuqori) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  7. Nomzod oldin tadqiqotlar olib borgan bo‘lishi kerak.
  8. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Barcha talablar haqida batafsil: bu yerda ma’lumot berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Deakin Universityda gumanitar salomatlik boʻyicha graduate (doktorantura) oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod avval oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Ammo ariza berishdan oldin nomzodning ushbu oʻringa mosligini tekshirish lozim.

Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: bu yerda koʻrsatilgan.

Grantga hujjat topshirish uchun: bu yer oqali roʻyxatdan oʻting va ariza bering. Dedlayn – 10-iyul.

Talab etiladigan hujjatlar

  • Onlayn ariza.
  • Til sertifikati. IELTS kamida 6.5 ball.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/Rezyume.
  • Magistrlik diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar.
  • Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak)
  • Tarjimai hol.
  • Pasport nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqida batafsil ma’lumot: bu yerda.

Nomzodlarni saralash ularning PhD ishiga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, qushlar bilan bogʻliq tadqiqotlard qatnashganligi, a’lo baholari, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: study@deakin.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!