×

Aston University: PhD uchun qisman grant va yillik 18 750 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

03.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1372 marta

Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida joylashgan Aston University, University of Southampton oliygohining Optoelectronics Research Centre tadqiqot markazi hamda British Telecom (BT) hamkorlikda PhD bosqichi uchun tashkil etilgan PhD Studentship – Optical Phase Conjugation Based Optical Networks dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning School of Engineering and Applied Science maktabida PhD tadqiqotini olib borishni xohlagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Grant uch yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Uch yil davomida tadqiqotchi kontrakt to’lovining bir qismi (mahalliy va YI davlatlari uchun belgilangan summa) to’lab beriladi.
  2. Uch yil muddatga asosiy yashash xarajatlari uchun yillik 14 777 funt-sterling (taxminan 18 750 AQSh dollari) stipendiya ajratiladi.

Eslatma: dastur kontrakt pulining faqat Buyuk Britaniya va YI davlatlari uchun toʻlash kerak boʻlgan qismini qoplaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan 12 290 funt-sterling (taxminan 15 590 AQSh dollari) qismini chet ellik nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning School of Engineering and Applied Science maktabida PhD kurslaridan biriga o‘qishga kirgan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod aʼlochi bo‘lishi zarur. Odatda baholar 2:1 boʻlishi talab qilinadi.
  4. Nomzod Aston universiteti talablariga mos boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun IELTS kamida 6,5 (barcha boʻlimlardan kamida 6,0) bo‘lishi talab qilinadi.
  6. Nomzod mos keladigan soha boʻyicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  7. Ayol nomzodlarga koʻproq imkoniyat beriladi.
  8. Arizaning bir qismi sifatida nomzoddan kontrakt to’lovining qolgan qismini to’lay olishini isbbotlovchi hujjat so’raladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning School of Engineering and Applied Science maktabi PhD kurslarida o‘qish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi PhD kursiga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza topshirish shart emas. Dedlayn 2019-yil 3-avgust.

Oʻqishga hujjat topshirish tartibi va talablari: bu yerda berilgan.

Savollar yuzasidan recruitment@aston.ac.uk ga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Shaxsiy bayonot (Personal statement).
  • Tadqiqot rejasi (Research proposal).
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1 boʻlishi lozim.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5 yoki ro‘yxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin.
  • Ish tajribasi haqidagi ma’lumot.
  • Pasport nusxasi.
  • Nomodning moliyaviy ahvolii haqidagi maʼlumotnoma.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Grantga hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: bu yerda tanishing.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari va research proposal kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun:

Email: andrew.ellis@aston.ac.uk yoki seasres@aston.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!