×

Belgiya: postdoktorantura tadqiqotlarini olib borishni istaganlar uchun haq to’lanadigan dasturi – ish haqi oylik 2 730 AQSh dollari va undan baland!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Belgiya

O'QILGAN

2227 marta

Belgiyada joylashgan Ghent University oliygohi Postdoktorantura bosqichida tadqiqot olib borish uchun arizalar qabul qilmoqda. Dastur quyidagi yo’nalishlar bo’yicha 2 va 3 yillik postdoktorantura tadqiqotlari olib borishni nazarda tutadi:

  • Patient-specific design and finite element modelling of 3D printed orthoses and prostheses (3 yillik).
  • Automated software workflow for medical application of 3D printed technologies (3 yillik).
  • High-frequency vibration techniques for non-destructive inspection of 3D printed metal parts (2 yillik). Batafsil ma’lumot

Tadqiqotchilar to’liq stavkali, haq to’lanadigan ish o’rinlari bilan ta’minlanadilar. Oilali tadqiqotchilarga oilasi va farzandlari ta’minoti uchun qo’shimcha mablag’ ajratiladi. Batafsil  

Grant kimlar uchun?

Postdoktorantura tadqiqorchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida 3 nafar tadqiqotchini ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Dasturda g’olib bo’lgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Tadqiqotchining mehnat tajribasi va malakasidan kelib chiqib unga 2 350 yevro (2 730 AQSh dollari) va undan baland bo’lgan oylik ish haqi to’lanadi.
  2. Oilali tadqiqotchilarga oilasi va farzandlari ta’minoti uchun qo’shimcha mablag’ ajratiladi.
  3. Tadqiqotchiga jamoat transportidan foydalanishi uchun mablag’ ajratiladi.
  4. G’olibning hayoti/sog’lig’i sug’urtalanadi.
  5. Tadqiqotchiga ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beriladi.
  6. Eslatma: Ghent University`ning postdoktorantura bosqichida o’qish uchun qabul qilingan tadqiqotchi bir martalik 1 000 yevro (taxminan 1 118 AQSh dollari) miqdoridagi to’lovni amalga oshirishi zarur.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladilar.
  2. Nomzod PhD darajasiga ega bo’lishi zarur.
  3. Nomzod Mechanical Engineering, Civil Engineering, Computational Mechanics yoki shunga yaqin sohalar bo’yicha tahsil olgan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod o’zi ariza bergan soha bo’yicha tadqiqot olib borishga ishtiyoqmand bo’lishi kerak.
  5. Nomzod dastur davomida loyiha ustida ishlayotgan guruh a’zolari hamda hamkor tashkilot vakillari bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor bo’lishi kerak.
  6. Nomzod Ghent University talablariga mos boʻlishi kerak.
  7. Nomzodlarning nemis tilini bilishlari majburiy emas. Ammo ular ingliz tilini (og’zaki va yozma) ravon bilishlari kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur bo’yicha grant o’rinlari 2019-yilning 26-aprelida e’lon qilingan bo’lib, hujjat topshirishning alohida muhlati belgilanmagan. Dasturga arizalar qabul qilish munosib nomzod topilishi bilan nihoyasiga yetadi. Shu sababli dasturda ishtirok etish niyyatidagi nomzodlarga iloji boricha ertaroq ariza berishlari tavsiya etiladi. Dasturga hujjat topshirish uchun nomzod o’zining quyidagi ma’lumotlari jamlangan CV`sini (ingliz yoki nemis tilida) professor Wim Van Paepegemga yuborishi kerak:

  • Shaxsiy ma’lumotlari (ismi, tug’ilgan sanasi, manzili, millati…);
  • Oldingi bosqichlardagi olingan ta’limi (ilmiy darajalari, ilmiy ish/tezis mavsulari);
  • Mehnat tajribasi;
  • So’zlasha oladigan tillari (ingliz, nemis, fransuz…);
  • Nashrlari (ilmiy maqola/ishlanma, loyiha ishlari…);
  • Sohaga oid qo’shimcha bilimlari (bilgan kompyuter programmalari, dasturlash tillari…)

Nomzod CV`ni email orqali Wim.VanPaepegem@UGent.be elektron manziliga yuborishi yoki pochta orqali quyidagi manzilga jo’natishi mumkin:

Ghent University
Mechanics of Materials and Structures
Technologiepark-Zwijnaarde 903
9052 Zwijnaarde
Belgium

Nomzodlar grantga ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari kabilar asosida saralanadilar. Dasturga hujjat topshirish tartibi va talablari bu yerda berilgan. Savollar yuzasidan Wim.VanPaepegem@UGent.be ga murojaat qiling.

Ma’lumot uchun:

Tel.: +32-(0)9-331.03.32
Fax: +32-(0)9-263.58.33
E-mail: Wim.VanPaepegem@UGent.be

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!