Shveysariyaning IMD Biznes Oliy maktabi 2019-2020-oʻquv yili uchun bir nechta grant dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetda oʻqitiladigan MBA magistratura bosqichiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi.
IMD Biznes Oliy maktabining ikkita kampusi mavjud. Ular quyidagi hududlarda joylashgan:
- IMD Switzerland – Shveysariyaning Lozanna shahrida
- IMD Singapore – Singapurning South Beach Tower shahrida.
Grant kimlar uchun?
Magistratura (MBA) da oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
IMD magistratura yoʻnalishlarida kontrakt 2019-2020-oʻquv yili uchun 85 000 CHF (taxminan 76 054 yevro) kontrakt toʻlanadi.
Oliy maktab talabalarga bir nechta grantlarni taklif etadi:
- Merit Scholarship. Juda yuqori akademik koʻrsatkichlarni namoyish eta olgan nomzodlarga beriladi. Grant oʻqish pulini 20 000 CHF (taxminan 18 000 yevro) gacha qismini qoplaydi. Dedlayn – 1-avgust yoki 1-oktabr.
- Emerging Market Scholarships. Grant rivojlanayotgan davlatlardan kelgan va yuqori GMAT koʻrsatkichlariga ega talabalarga moʻljallangan. Grant oʻqish pulini 20 000 – 60 000 CHF (taxminan 18 000 – 54 000 yevro) gacha Dedlayn – 1-avgust yoki 1-oktabr.
- Stewart Hamilton Scholarship for women. Grant rivojlanayotgan davlatlardan kelgan ayol nomzodlarga beriladi. Grant olish uchun 750 ta soʻzgacha: “What, in your view, were the failings in the Hollinger corporate governance system? What personal learnings have you drawn from your analysis of the case study?” mavzusida esse yozib topshirish lozim. Grant oʻqish pulini 50 000 CHF (taxminan 44 740 yevro) gacha Dedlayn – 30-sentabr.
- Nestlé Scholarship for Women. Grant rivojlanayotgan davlatlardan kelgan ayol nomzodlar uchun moʻljallangan. Grant yutish uchun 750 ta soʻzgacha: «Many have argued that greater diversity in the top management team of an organization is good for profits and customers. What would you recommend as ways to achieve greater diversity?» mavzusida esse yozish kerak. Grant oʻqish pulini 25 000 CHF (taxminan 22 370 yevro) gacha Dedlayn – 30-sentabr.
Dasturlar grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini va kontraktning qolgan qismini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
- Nomzod Oliy maktabning MBA bosqichiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish lozimligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.5-7.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
- Nomzoddan GMAT/GRE sertifikati soʻralishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar Oliy maktabning MBA kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oʻzi tanlagan kursga onlayn tarzda ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish shart emas. Oʻqishga kirishga ariza: Apply boʻlimi orqali amalga oshiriladi. Arizada berilgan savollarga toʻliq javob yozish kerak. Faqatgina yrim grantlarga esse yozish talab qilinadi.
Oʻqishga kirishga dedlayn muddatlari: shu yerda. hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil: shu yerdan bilib olishingiz mumkin.
Grant dasturlari uchun: 2019-yil 1-avgust, 30-sentabr va 1-oktabrgacha ariza berish mumkin.
Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):
- Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
- Kamida 3 yil ish tajribasi haqida ma’lumotnoma.
- 2 ta tavsiyanoma.
- Ingliz tili testi (IELTS 7.5yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
- GRE yoki GMAT /sertifikati.
Barcha talablar va hujjatlar tarkibi: shu yerda toʻliq berilgan. Savollar tugʻilganda +41 (0)21 618 0111 (Shveysariya) yoki +65 6715 9988 (Singapur) raqamlari yoki mbafinance@imd.org manzili orqali aniqlang.
Nomzodlar grantga aʼlo baholari, ish tajribasi, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.
Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun: mbafinance@imd.org.
Telefon: +41 (0)21 618 0111 (Shveysariya) yoki +65 6715 9988 (Singapur).