×

Xitoy: Tadqiqot olib borish uchun grantlar: bepul turar joy va stipendiya; safar xarajatlari qoplanadi.


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1885 marta

Xitoyning Makau (Macau) shahrida joylashgan United Nations University (UNU) oliygohi PhD bosqichini tamomlagan yosh tadqiqotchilarga bir yillik Young Information and Communication Technologies and Development Fellowship Programme dasturini taklif etadi. Dastur davomida Information and Communication Technologies and Development (ICTD) yo’nalishi bo’yicha PhD bosqichini tamomlagan va shu sohada tadqiqot olib borish niyyatidagi tadqiqotchilar UNU universiteti olim/tadqiqotchilari bilan hamkorlikda izlanishlar olib borishlari mumkin.

Dastur doirasida 4 nafar nomzod hamkor tadqiqotchi sifatida tanlab olindi va ularga oliygoh bilan hamkorlikda bir yil davomida izlanishlar olib borish imkoniyati beriladi. Bundan tashqari yana 10-15 nafar iqtidorli ishtirokchilarning ro’yxati tuziladi va oliygohda qo’shimcha tadqiqotchi o’rni paydo bo’lgan taqdirda boshqa hech qanday sinovlarsiz taklif etiladi.

Grant kimlar uchun?

Yosh tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant g’oliblariga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Makau shahriga borish va qaytish xarajatlari oplanadi.
  2. Bepul turar joy bilan ta’minlanadi.
  3. Universitet binosidan offis ajratib beriladi.
  4. Kundalik xarajatlar uchun stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  2. Nomzod Information and Communication Technologies and Development (ICTD) va shunga yaqin soha bo’yicha PhD/unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lishi kerak.
  3. Nomzodning PhD bosqichini tugatganiga 2 yildan oshmagan bo’lishi zarur.
  4. Nomzod avval shu soha bo’yicha tadqiqotlar olib borgan bo’lishi kerak.
  5. Nomzod hamkorlikda – guruh bo’lib ishlash, kreativ qarorlar qabul qilish, belgilargan grafik va muhlat bo’yicha ishlay olish qabiliyatiga ega bo’lishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini ravon bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Dasturda ishtirok etishni xohlagan nomzodlar hujjatlarini 2019- yilning 30- iyuniga qadar ra_cs@unu.edu manziliga email orqali yuborishlari zarur.
  • Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlar bilan suhbat o’tkazilishi mumkin.
  • Dastur 2019-yilning kuzida boshlanadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Biriktirilgan xat (cover letter). Unda nomzod nimasi bilan bu loyihaga hissa qo’shishi/yangilik kiritishi mumkinligi haqida yozishi kerak.
  2. CV (uzog’i bilan 5 sahifadan iborat).
  3. Tadqiqot rejasi (research proposal – 2 500 so’zdan oshmasligi zarur).
  4. 2 ta tavsiyanoma.
  5. UNU Personal History (P.11)shaklining to’ldirib, imzolangan nusxasi. Namuna bu yerda.
  6. Barcha arizalarning sarlavhasida “Application for ICTD Fellow (Ref No: 2019/UNU/CS/PSA/ICTD/34)” so’zlari bo’lishi zarur.

Barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi lozim.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

E-mail: ra_cs@unu.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!