×

Adliya vazirligi “Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi” tanlovini e’lon qildi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2597 marta

CHOP ETILGAN

10.06.2019

Adliya vazirligi “Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi” tanlovini e’lon qildi.

Tanlov fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy faolligini yanada yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, aholi orasida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini amalga oshirayotgan huquq targ‘ibotchilarini aniqlash va ularni munosib ravishda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.

Tanlov quyidagi 10 nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

  1. “Huquqiy targ‘ibotdagi fidoyiligi uchun”;
  2. “Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi mutaxassis”;
  3. “Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi jurnalist”;
  4. “Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi OAV”;
  5. “Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi bloger”;
  6. “Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi sayt”;
  7. “Huquqiy targ‘ibotdagi eng yaxshi innovatsion loyiha”;
  8. “Mahallada huquqiy madaniyatni yuksaltirishdagi faolligi uchun”;
  9. “Huquqiy targ‘ibotdagi eng yaqin hamkor”;
  10. “Eng yosh huquq targ‘ibotchisi”.

Tanlovda mutaxassisligi va kasbidan qat’i nazar, 18 yoshga to‘lgan barcha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Malakali huquqshunoslar hamda tajribali amaliyot xodimlaridan iborat tanlov hay’ati g‘oliblarni aniqlaydi.

G‘oliblar esdalik nishonlar, diplomlar, statuetkalar va sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga materiallar 28-maydan 20-iyunga qadar qabul qilinadi.

Tanlov uchun materiallarni quyidagi manzilga yuboring:

Toshkent, Sayilgoh 5
x.klichev@adliya.uz

Murojaat uchun telefon: +99871-233-75-97

“Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi” tanlovi nizomi bilan SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!