×

Germaniya: Magistratura uchun toʻliq grant; barcha xarajatlar qoplanadi; oila a’zolariga alohida pul ajratiladi; oylik stipendiya – 850 yevro!


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

11952 marta

Germaniyaning University of Passau Helmut-Schmidt-Programme (Master’s Scholarships for Public Policy and Good Governance) 2020-21 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur 2 yilga moʻljallangan. Grant universitetga oʻqishga kirgan boʻlajak lider, siyosatchi va ijtimoiy faol talabalarga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar yuqori bilimli va salohiyatli, a’lochi boʻlishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodning ikki yil davomida:

  1. Oʻqish xarajatlari toliq qoplab beriladi.
  2. Yashash xarajatlari uchun oylik 850 yevro stipendiya ajratiladi.
  3. Tibby sugʻurta olib beriladi.
  4. Turar joy xarajatlari qoplab beriladi.
  5. Sayohat va boshqalar uchun mablag’ beriladi.

Dastur haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Faqat tanlangan davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi. Oʻzbekiston bu roʻyxatga kiritilgan.
  2. Nomzod universitetning Boshqaruv va davlat siyosati magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Germaniyada 15 oydan ortiq vaqt istiqomat qilayotgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  4. Bakalavriatni tugatganiga 6 yildan oshgan nomzodlar ariza topshira olmaydi.
  5. Davlat boshqaruvi yoki siyosiy sohada ish tajribasiga ega nomzodlarning grant yutish ehtimoli oshadi.

Barcha talablar: shu yerda berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant University of Passau Boshqaruv va davlat siyosati magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. oʻqishga ariza: shu yerda topshiriladi. Grantga hujjat topshirish ariza berish orqali amalga oshiriladi. Hujjat topshirishdan avval yo’riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.  O’qishga va grantga ariza topshirish muhlati farq qilishi mumkin. Grantga ariza dedlayni 2020-yil 31-iyulgacha.

Hujjat topshirishdan oldin dedlayn va hujjatlar tarkibi haqida tanlangan kurs sahifasidagi ma’lumotlar orqali batafsil oʻrganib chiqing. Agar jarayonda muammo tugʻilsa: information.ppgg@uni-passau.de manziliga murojaat qiling.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Ariza avval yuklab olinadi, keyin qogʻoz variantiga imzo qoʻyib, soʻralgan hujjatlar bilan birga topshiriladi.
  • Motivatsion xat. 2 betgacha yoziladi.
  • CV/rezyume.
  • Diplomi nusxalari. Diplomlar nemis oliygohlarida qabul qilish talablariga mos kelishi kerak.
  • Diplom ilovasi nusxasi.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi ham topshirilishi kerak.
  • Ingliz tili sertifikati (kamida CEFR boʻyicha B2).
  • Nemis tili sertifikati (agar bor boʻlsa).
  • Bitta tavsiyanoma.
  • Tanlangan kurs va bosqichga qarab boshqa qoʻshimcha hujjalar talab qilinishi mumkin.
  • Ijtimoiy faollik haqida hujjat (agar bor boʻlsa).

Talablar haqida toʻliq maʼlumot bilan: shu yerda tanishish mumkin.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga dekabr oyi oʻrtalarida xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun: information.ppgg@uni-passau.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!