×

Hindiston: Kadrlar bilan ishlash boʻyicha 12 haftalik stajirovka dasturi; bepul oziq-ovqat va turar joy; 316 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Hindiston

O'QILGAN

2329 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti va Hindistonning Puna shahrida joylashgan Extentia Information Technology Pvt. Ltd. korxonasi 18 dan 30 yoshgacha boʻlgan, ingliz tilini biladigan mutaxassislarini Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur Hindistonning Puna shahrida joylashgan Extentia Information Technology Pvt. Ltdning [Business] Human Resource Manager lavozimida ishlash imkonini beradi. Dastur 2019-yil 22-iyuldan 18-oktabr oraligʻida 12 hafta davom etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Coordinating various employee engagement activities.
  • Displaying energy and enthusiasm at work.
  • Continuous communication with Extentians.
  • Collaborate actively as part of a multi-disciplinary team.
  • Work closely with various departments to ensure smooth process flow and function.

Grant kimlar uchun?

Kadrlar boʻlimida ishlashni istagan mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 12 hafta davomida bepul turar joy va oziq-ovqat ajratiladi hamda oylik 22 000 INR ( taxminan 316 USD) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod kadrlarni boshqarish (Human resource), menejment sohalari boʻyicha mutaxassis boʻlishi maqsadga muvofiq.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR kamida B2-C1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod Organisational Management, Relationship Management, Human Resources, Public Relations koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 30-iyungacha.
  2. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldiring.
  3. Account ochish, toʻldirish va ariza berish haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.
  4. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

  • CV/resume.
  • Shaxsiy ma’lumotlar.
  • Skills (koʻnikmalar).
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Ariza ichida bir necha daqiqalik test yoki savol berilishi mumkin. testni yechib berish lozim. Savolga esa maksimal darajada qisqa va mazmunli javob yozing. Odatda bu savol “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida berilgan boʻladi.

Eslatma:

  • Barcha ma’lumotlarni elektron shaklda “submit” qilish kerak.
  • Ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi.
  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic experiences va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning Punadagi vakili Ankit Nairdan ankith.nair@aiesec.net manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; ankith.nair@aiesec.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!