×

Yangi Zelandiya: Adabiyot sohasiga PhD uchun qisman grant; yillik 17 982 AQSh dollari stipendiya


Grant

MUHLAT

30.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

2241 marta

Yangi Zelandiyada joylashgan University of Otago 2021 o‘quv yili uchun University of Otago City of Literature PhD Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant University of Otago Dunedin City of Literaturening PhD bosqichiga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilariga beriladi. Grant 3 yilga ajratilishi rejalashtirilgan. Grant yutib olgan nomzodlar adabiyot sohasida tadqiqotlar olib borishlari kerak boʻladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nomzodlarga 3 yil davomida yiliga 27 000 NZD (taxminan 17 982,40 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi. Chet ellik talabalar uchun mahalliy talaba toʻlaydigan hajmda kontrakt puli toʻlab beriladi.

Grant kontrakt toʻlovining mahalliy talaba toʻlaydigan hajmdagi qismini qoplaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan qismini talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod University of Otago Dunedin City of Literaturening PhD tadqiqotchisi sifatida o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod PhD kursida kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod bakalavr/magistratura bosqichini a’lo baholar (80% va undan yuqori) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  6. Nomzod adabiyot sohasida tadqiqotlar olib borishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant University of Otago Dunedin City of Literaturening PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod avval oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Arizalar 2020-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.

Grantga va oʻqishga nomzod shu yer orqali hujjat topshiradi. Jarayonni boshlashdan avval talablar bilan batafsil tanishing. Grant yuzasidan savollar tugʻilganda: scholarships@otago.ac.nz manzili yoki 0800 80 80 98 telefon raqami orqali aniqlashtiring.

Talab etiladigan hujjatlar

  • Bakalavr/magistrlik diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar.
  • CV/Rezyume.
  • Research proposal/Preliminary research outline.
  • Departmental support letter
  • Onlayn ariza. Ariza eVision onlayn portali orqali topshiriladi.
  • Til sertifikati. IELTS 7.0 har bir bo‘limdan kamida 6.5 ball.
  • 2 ta tavsiyanoma.

Qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Kirish talablari: shu yerda berilgan.

Grant haqida ma’lumot esa: shu yerda.

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, a’lo baholari, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: phd@otago.ac.nz; scholarships@otago.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!