×

Uydan chiqmay diplom olamiz: chet el nufuzli oliygohlarining onlayn magistratura kurslari haqida


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

20271 marta

CHOP ETILGAN

02.07.2019

Ta’lim olish va karyera qilish ishtiyoqmandlari uchun bakalavr bosqichini tamomlaguncha hayot odatda ancha oson bo’ladi: maktabni bitirgach oliygohga kirish uchun ota-onalar sharoitlar yaratib berishadi, dars qilish uchun vaqt ko’p, tashvish esa kam bo’ladi. Bakalavr bosqichining 4 yili ham nisbatan ravon va betashvish o’tgach, ko’pchilik talabalar ishga kirishadi, oila qurishadi yoki shunchaki istalgan yerda istalgan vaqtda o’qish imkoniyati nisbatan kamayadi. Shu va boshqa sabablarga ko’ra esa karyera uchun muhim qadam hisoblangan magistratura bosqichida o’qish imkoniyati cheklanadi, o’qishni davom ettirish istagidagi mutaxassislarda esa oliygohga qatnolmaslik muammosi paydo bo’ladi. Bunday vaziyatda ayniqsa chet elda o’qish masalasi yanada murakkablashishi mumkin.

Xo’sh, qaytadan talabaga aylanib, universitetga chopib yurishga imkoniyati yo’qlar qanday qilib ta’lim olishda davom etishlari mumkin?

Masofaviy ta’lim bu savolga javob bo’ladi. Bugun dunyoning eng oldi universitetlarida istalgan sohada onlayn tarzda o’qib, diplom olish, bu orqali esa vaqt va mablag’ tejash imkoniyati mavjud. Ushbu maqolamizda dunyodagi eng yaxshi masofaviy ta’lim muassasalari va ularda o’qitiladigan onlayn magistratura kurslari haqida ma’lumot beramiz.

  1. Penn State World Campus

Vebsayt: https://www.worldcampus.psu.edu/

Qabul ko’rsatkichi: 67%

Bitiruv ko’rsatkichi: 27%

Onlayn darslar Canvas va Coursera tizimlarida olib boriladi

Talabalar soni: 14000

Penn State World Campus (PSWC) – AQShda joylashgan, Jahon Universitetlari reytingida 93-o’rinda (bu – kuchli 100 talik, demakdir) turadigan Pensilvaniya Davlat Universiteti qoshidagi, shu universitetning bir qismi hisoblangan onlayn oliygoh. PSWC kurslarida hozircha 14 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Onlayn kurslarni tamomlagan talabalarga odatiy, universitet binosida o’qiydigan talabalar bilan bir xil imkoniyatlar beriladi: dars mashg’ulotlarini universitetda doimiy dars beradigan mutaxassislarning o’zlari o’tadi, talabalarga katta onlayn kutubxona va talaba xizmatlaridan foydalanish imkoniyati beriladi, hamda kurs so’nggida olinadigan bakalavr, magistr yoki boshqa daraja diplomlari ham oddiy kurs diplomlari bilan bir xil nufuz va kuchga ega bo’ladi.

Penn State World Campus 2018 va 2019-yillarda dunyodagi eng yaxshi onlayn universitet deb tan olingan.

PCWC da barcha sohalarda masofadan o’qitiladigan magistratura kurslari mavjud:

Biznes

Tasviriy San’at

Iqtisod

Mehnat va bandlik

Menejment

Marketing

Moliya

Jamoatchilik bilan aloqalar

Reklama

Axborot Texnologiyalar

Muhandislik

Pedagogika, va hkz

Har bir fakultet tarkibida o’nlab kurslar mavjud. Onlayn o’qish mumkin bo’lgan barcha magistratura kurslari bilan bu yerda tanishing.

PSWC kurslariga qabul doimiy ochiq bo’ladi, ya’ni hujjatlar yil bo’yi qabul qilinadi, qabul jarayonida biror oxirgi muddat ham belgilanmaydi. Onlayn kurslarga qabul o’rtacha ko’rsatkichi 67% ga teng, bu – hujjat topshirgan har 100 talabadan 67 tasi o’qishga kiradi, degani. Jahonning eng sara oliygohlari ro’yxatida 100talikka kiradigan va odatda kirish qiyin bo’lgan bunday universitet uchun 67% ancha yaxshi ko’rsatkich hisoblanadi. Undan tashqari, qabul qilingan talabalarning 74% qismiga ma’lum ko’rinishda moddiy yordam ajratiladi.

Ammo, o’qishga kirib olgach, bitirish ham bor – bu yerda kredit tizimi amal qiladi, va olinishi kerak kreditlarning kamida uchdan birini to’plolmagan talabalarga diplom berilmaydi. Bu kamida 33% o’zlashtirish ko’rsatkichisiz diplom ololmaysiz, degani. Oliygoh statistikasiga ko’ra, onlayn kursga qabul qilingan talabalarning faqat 27% qismi diplom  olishga muvaffaq bo’ladi.

  1. University of Florida Distance Learning


Vebsayt: https://distance.ufl.edu/

Qabul ko’rsatkichi: 68%

Bitiruv ko’rsatkichi: 88%

Onlayn darslar Canvas tizimida olib boriladi

Talabalar soni: 52000

Florida Universiteti ham AQShda joylashgan, Jahon Universitetlari reytingi kuchli 500 taligida 180-o’rinda turadi. Florida Universitetining ham onlayn kurslari mavjud. Bu oliygohning onlayn shakli esa University of Florida Distance Learning (UFDL) deb ataladi. Florida Universiteti AQSh va Jahon universitetlari reytingida doim yuqori o’rinlarni egallab kelgan bo’lsa, UFDL eng yaxshi onlayn universitetlar ro’yxatida ikkinchi o’rinda turadi. UFDL’da jami 109 ta onlayn magistratura kurslari mavjud.

UFDL magistratura kurslari quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi:

Ta’lim yo’nalishlari

Tibbiyot

Aloqa

Axborot texnologiyalari

Siyosat

Marketing

Biznes

Menejment

Moliya

Muhandislik

Biologiya

Farmatsevtika

Veterinariya

Dizayn va hkz

Barcha kurslar ro’yxati bu yerda.

Universitet ma’lumotlariga ko’ra, UFDL onlayn kurslariga hujjat topshirgan nomzodlarning 68% qismi o’qishga qabul qilinadi va qabul qilinganlarning 88% qismi diplom olishga muvaffaq bo’ladi. Bu yerda ham onlayn mashg’ulotlarni Florida Universiteti professor va o’qituvchilari olib boradi, onlayn tahsil olayotgan talabalarga esa oddiy tartibda sinfxonalarda o’qiyotgan talabalar bilan bir xil e’tibor va diplom beriladi.

  1. UMass Online


Vebsayt: http://www.umassonline.net/

Qabul ko’rsatkichi: 58%

Bitiruv ko’rsatkichi: 77%

Onlayn darslar Moodle tizimida olib boriladi

Talabalar soni: 74000

Massachusetts Texnologiya Universiteti 2019-yilgi Jahonning eng yaxshi universitetlari reytingida 1-o’rinni egallab turibdi. Bu universitet AQSh va butun dunyodagi eng sara universitetlardan biri hisoblanadi va UMass Online nomi ostida bakalavr, magistratura, doktorantura va boshqa kurslarni o’qitib keladi.

UMass Online dunyodagi eng sifatli masofaviy ta’lim muassalaridan biri hisoblanadi va buning uchun AQSh Masofaviy Ta’lim Assotsiatsiyasining mahsus mukofotiga sazovor bo’lgan sanoqli OTMlardan biri sanaladi.

UMass Online’ga hujjat topshirgan nomzodlarning faqat 58% qismi o’qishga qabul qilinishiga qaramay, talabalarning 77% qismiga onlayn kurslar so’nggida kutilgan diplomlar beriladi. UMass Online tomonidan taqdim etilgan masofaviy ta’lim diplomlari odatiy ta’lim usulida qo’lga kiritilgan diplomlardan kam nufuzga ega emas, undan tashqari, UMass diplomlari oddiy diplomlar bilan teng kuchga ega.

UMass Online’da 14 ta onlayn magistratura kursi mavjud, ular quyidagilar:

Biznes Analitika (MBA)

Tadbirkorlik (MBA)

Moliya (MBA)

Healthcare Administration (MBA)

Marketing (MBA)

Sport Menejmenti (MBA)

Science Education (MBA)

Sog’lom Ovqatlanish (MPH va MS kurslari)

Public Health Practice

Katta Hamshiralik

Muhandislik Menejmenti

O’simlik va Tuproqshunoslik

Buxgalteriya

  1. Northeastern University


Vebsayt: https://www.northeastern.edu/academics/online-learning/

Qabul ko’rsatkichi: 27%

Bitiruv ko’rsatkichi: 87%

Onlayn darslar Blackboard tizimida o’tiladi

Talabalar soni: 21000

Northeastern University Jahon Univeristetlari reytingida 326-o’rinda turadi. Bu universitet barcha daraja va yo’nalishlardagi sifatli masofaviy ta’lim bilan tanilgan. Universitetda magistratura bosqichida 135 ta onlayn kurs mavjud. Ular quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi:

Biznes

Siyosat

Menejment

Marketing

Moliya

Tibbiyot

Axborot Texnologiyalari

Hamshiralik va hkz.

Barcha kurslar batafsil bu yerda ko’rsatilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!