×

Anglia Ruskin University: Bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

30.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1666 marta

Angliyaning sharqiy hududidagi Kembrij shahrida joylashgan Anglia Ruskin University (ARU) navbatdagi International Excellence Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning 2020-yil yanvardan boshlab Cambridge yoki Chelmsford kampuslarida oʻqitiladigan barcha bakalavriat va magistratura (taught) bosqichlariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

ARUda kontrakt toʻlovi tanlangan bosqich va kursga qarab farq qiladi. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga bir yilga kontraktdan 4 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Stipendiya dasturi oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yil yanvardan Cambridge yoki Chelmsford kampuslarida oʻqitiladigan 3 yillik bakalavriat yoki magistratura (postgraduate taught) kurslaridan biriga oʻqishga kirishi zarur.
  3. PG Dip Legal Practice Coursega oʻqishga kirgan nomzodlar bu grantga ariza bera oladi.
  4. Nomzod attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomini topshiradi.
  5. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  6. Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Bakalavriat uchun IELTS kamida 6,0 ball (har bir boʻlimdan 5,5 ball)/TOEFL kamida 80 ball, magistratura uchun IELTS 6,5 ball (har bir boʻlimdan 5,5 ball)/TOEFL kamida 88 ball yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  8. Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning Cambridge yoki Chelmsford kampuslarida oʻqitiladigan 3 yillik bakalavriat yoki magistratura (postgraduate taught) kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Hujjat topshirish yilda 2 marta amalga oshiriladi. Ayni vaqtda 2020-yil yanvar oyida boshlanadigan kurslarga ariza berish mumkin. Oʻqishga kirish va grant uchun hujjat topshirish muddati 2019-yil 30-noyabrgacha. Grantga alohida ariza berish talab qilinadi.

Oʻqishga ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avvalo How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  2. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  3. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
  4. Shu yerda ariza topshiring.
  5. Doimiy ravishda elektron pochtangizni tekshirib boring.
  6. Oʻqishga qabul natijasini oling.
  7. Viza olish uchun ariza bering.

Grantga ariza berish:

  1. Grantga ariza shaklini yuklab olib, toʻldiring.
  2. Ariza ichida 500 ta soʻdan iborat supporting statement yozish kerak.
  3. Evidence of your extra-curricular activities (sinfdan tashqali faoliyat, yani, tavsiyanomaga oʻxshagan hujjat) kerak boʻladi. Hujjatni siz bilan bogʻliq professor/ilmiy rahbar/dekan/prorektor/ish beruvchi kabilardan olish mumkin.
  4. 30-noyabrgacha ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarning hammasini international@anglia.ac.uk manzilga joʻnating.

 Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey/International Baccalaureate/bakalavr diplomi va ilovasi.
  • Ingliz tili sertifikati. Bakalavriat uchun IELTS kamida 6,0 ball (har bir boʻlimdan 5,5 ball)/TOEFL kamida 80 ball, magistratura uchun IELTS 6,5 ball (har bir boʻlimdan 5,5 ball)/TOEFL kamida 88 ball yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • CV/resume.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Tanlangan kursga qarab ACT/SAT/GRE/GMAT/LSAT kabi qoʻshimcha hujjarlar soʻralishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta: international@anglia.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!