×

University of London: MBA kursida masofadan oʻqish uchun 30 foizli grant; joy – 150 ta!


Grant

MUHLAT

09.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1326 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan University of London 2019-2020-oʻquv yili uchun Entrepreneurs from emerging markets – Global MBA dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning Global MBA kurslarida masofaviy o‘qishni istagan talabalarga beriadi. Grant rivojlanayotgan davlatlarning fuqarolari boʻlgan salohiyatli va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grant bir-besh yil muddatga ajratiladi. Grant 150 nafar (100 ta masofaviy va 50 ta recognised Teaching Centresda oʻqiydigan) talabaga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

MBA bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Global MBA kurslarida oʻqish haqi rivojlanayotgan davlatlar(roʻyxatning A bandi)ning fuqarolari uhun 9 620 funt-sterling. Grant yutib olgan 150 nafar talabaga kontraktdan 30% chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Rivojlanayotgan davlatlardan (roʻyxatning A bandi, jumladan, oʻzbekistonlik) fuqarolar ariza bera oladi.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod universitetning Global MBA kurslariga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan sohasi bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lishi kerak.
  • Nomzod majburiy migratatsiya va qochoqlarni himoyalsh sohasida research proposal bera olishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Kursga qabul uchun IELTS kamida 7,0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning universitetning Global MBA masofaviy kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ham, grantga ham ariza berishi zarur. Buning uchun avval oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirish kerak. O‘qishga hujjat topshirish dedlayni 2019-yil 3-sentabrgacha. Grant dasturi uchun 2019-yil 9-sentabrgacha ariza berish mumkin.

O‘qish va grantga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  • Toʻldirilgan arizalar.
  • Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi sertifikati (kamida IELTS 7,0 ball).
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy holat haqida hujjat talab qilinishi mumkin.
  • Tavsiyanoma so‘ralishi mumkin.
  • Research proposal yoki statements.

Nomzodlar grantga fuqaroligi, akademik yutuqlari, oʻqishga qiziqishi, a’lo baholari, pesearch proposal va kelajakdagi rejalari asosida saralanadilar.

Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar elektron pochta orqali ogohlantiriladi.

Maʻlumot uchun: https://london.ac.uk/contact-us

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!